Лаборатория иши №1
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Umymiy kimyoviy tyexnologiya (laboratoriya).doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya ishi №7 SULFID RUDALARINI KUYDIRISH VA SULFAT KISLOTASI OLISH
NAZARIY SAVOLLAR
1. Sanoatda va laboratoriya sharoitida xlorid kislotasi qanday reaksiyalar asosida hosil qilinadi? 2. NaCI va H 2 SO 4 reaksiyaga kirishayotganda tashqaridan berilayotgan issiqlikning jarayonga ta’siri qanday? 3. Laboratoriya qurilmasida osh tuzidan xlorid kislotasi olishda har bir jihozning vazifasi nimadan iborat. 4. Nima uchun parchalanishda hosil bo‘lgan gazni konsentrlangan sulfat kislotasidan o‘tkaziladi. ADABIYOTLAR 1. Позин М.Е. Руководство к практическим занятиям по технологии неоргонические вешеств. Л.: Химия 1980. 2. Позин М.Е. Технология минералных удобрений и солей. М.: Госхимиздат 1957. 3. Позин М.Е. Технология минералных солей. М.: Госхимиздат 1961. Laboratoriya ishi №7 SULFID RUDALARINI KUYDIRISH VA SULFAT KISLOTASI OLISH Ishdan maqsad: Sulfid rudalarini kuydirish jarayonida hosil bo‘lgan pech gazidagi SO2 ning konsentratsiyasiga ruda tarkibidagi oltingugurt miqdori, rudaning donadorlik darajasi, harorat, ortiqcha havo miqdorining ta’sirini o‘rganish. Sulfat kislotasi ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan SO 2 gazini olish uchun sulfid rudalari kuydiriladi. Oltingugurt rudasini kuydirishdagi qonuniyatlar tarkibida oltingugurt bo‘lgan har qanday rudalarni kuydirganda ham ma’qul bo‘ladi. Barcha yuqori haroratli jarayonlardagi kabi sulfid rudalarni kuydirish tezligi reaksiya hududiga kislorod kiritish va hosil bo‘lgan SO 2 gazini chiqarib olishga bog‘liq. Kolchedanni kuydirish asosida yotadigan kimyoviy reaksiyaning umumiy kurinishi quyidagicha: 4FeS 2 + 11O 2 = 2Fe 2 O 3 + 8SO 2 – Q Kolchedanni kuydirish jarayonidagi massa uzatish koeffitsentining yuqori darajasiga pechdagi haroratni va gidrodinamik rejimning intensivligini oshirish orqali erishiladi. Sulfat kislotasi olish uchun sulfid angidridini sulfat angidridigacha oksidlanadi. Bu jarayon sanoatda tutashuv qurilmasiga vanadiy katalizatori ishtirokida havo kislorodi yuborish orqali amalga oshiriladi: 2SO 2 + O 2 = 2SO 3 24 Model qurilmasida esa bu jarayon 50 ml 3% li vodorod pereoksidi kuyilgan absorbsiya kollonasi (7) da amalga oshiriladi. Ma’lumki vodorod pereoksidi - beqaror modda. U yorug‘lik nuri ta’sirida suv va kislorodga parchalanadi. Parchalanish davrida, sekundning yuzdan bir ulushiga vaqt oralig‘ida, kislorod atom holda bo‘ladi. Bu atom holdagi kislorod juda faol holatda bo‘ladi va SO 2 ni oksidlab SO 3 ga aylantiradi. SO 2 + О 2 = SO 3 Sulfat angidridi suv bilan o‘zaro reaksiyaga kirishib sulfat kislotasiga aylanadi. SO 3 + Н 2 О = Н 2 SO 4 Hosil bo‘lgan sulfat kislotasining miqdorini mahsulotni 0,5 N ishqor bilan titrlash orqali aniqlanadi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling