Laboratoriya ishi №2 qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig`imini aniqlash Ishning maqsadi
Download 38.3 Kb. Pdf ko'rish
|
№2 QATTIQ JISMLARNING SOLISHTIRMA ISSIQLIK SIG‘IMINI ANIQLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asboblar
- Nazariy qism
LABORATORIYA ISHI №2 QATTIQ JISMLARNING SOLIShTIRMA ISSIQLIK SIG`IMINI ANIQLASh Ishning maqsadi: Issiqlik almashinish jarayonini, energiyaning saqlanish qonuni va ular uchun issiqlik balans tenglamasini tuzishni o`rganish hamda ba’zi qattiq jismlarning (mis, qo`rg`oshin, shisha) solishtirma issiqlik sig`imini aniqlash. Kerakli asboblar: Dyuar idishi, dyuar idishi g`ilofi, mis jism (200 g), shisha jism, (100 g), qo`rg`oshin jism (200 g), o`quv laboratoriya torozisi, termometr (-10°C dan +110°C gacha) yoki NiCr-Ni temperatura datchigi, raqamli termometr, bug` generatori (550 W/220 V), qizdirish qurilmai, menzurka (400 ml), V- shaklsimon shtativ asosi (20 sm), shtativ ustuni (47 sm), Leybold multi tutgichlar, universal tutgich, silikon quvurlar (ichki diam. 7×1.5 mm, 1 m), bir juft issiqlikka chidamli qo`lqop. Nazariy qism O`zaro temperaturalari teng bo`lamagan jismlar bir-biriga tekkizilganda, temperaturasi yuqori bo`lgan jismdan, temperaturasi past bo`lgan jismga issiqlik energiyasi o`tadi. Bu jarayon temperaturalari tenglashguncha davom etadi. Issiqlik – bu jismlar o`rtasida ish bajarilmasdan uzatiladigan energiyaning bir turidir. Issiqlik uzatilish konveksion, issiqlik o`tkazuvchanlik va nurlanish orqali bo`lishi mumkin. Bir xil massa va temperaturaga ega bo`lgan jismlarga bir xil issiqlik miqdori berilsa, jismlar har xil temperaturagacha qiziydi. Bunday issiqlik xususiyatini xarakterlash uchun solishtirma issiqlik sig`imi kiritilgan. Solishtirma issiqlik sig`im deb, 1 kg massaga ega bo`lgan moddaning temperaturasini 1 0 C ga oshirish uchun kerak bo`ladigan issiqlik miqdoriga aytiladi. 𝑐 = 𝑄 𝑚∆𝑡 = 𝑄 𝑚(𝑡 2 −𝑡 1 ) (1) Bu yerda c- solishtirma issiqlik sig`imi, Q-issiqlik miqdori, m-moddamassasi, Δt - temeraturalar farqi. Solishtirma issiqlik sig`imi XBS da da 𝐽 𝑘𝑔∙𝐾 larda o`lchanadi. Solishtirma issiqlik sig`imi moddaning turiga, temperatu hamda isitish usuliga bog`liq. Moddaning qizishida yoki sovushida yutilgan yoki ajralgan issiqlik miqdori Q temperaturaning o`zgarishiga Δt va massaga m to`g`ri proporsional: 𝑄 = 𝑐𝑚∆𝑡 (2) Moddani isitish uchun berilgan issiqlik miqdori musbat, sovushi natijasida ajralib chiqqan issiqlik miqdori esa manfiy deb qabul qilingan. Ushbu tajribada turli materiallarning solishtirma issiqlik sig`imi aniqlanadi. Har bir hol uchun jism tarozida tortiladi va t 1 temperaturagacha qizdiriladi, keyin massasi tarozida tortib aniqlangan kalorimetrdagi t 2 temperaturali suvga solinadi. Yaxshi aralashgandan keyin issiqlik almashinuvi evaziga jism, suv va kalorimetr termodinamik muvozanatga erishadi, ya’ni jismning temperaturasi t n gacha sovuydi, suv va kalorimetrniki esa t n gacha qiziydi.Bundajismdan ajralgan issiqlik miqdori: 𝑄 1 = 𝑐𝑚(𝑡 1 − 𝑡 𝑛 ) (3) ga teng bo`ladi (bu yerda m-jismning massasi, c-jismning solishtirma issiqliksig`imi, t 1 - jismning dastlabki temperaturasi, t n - natijaviy temperatura). Bu holda jismdan ajralib chiqqan issiqlik miqdorini suv va kalorimetr yutadi va bu issiqlik miqdori esa Q 2 ga teng: 𝑄 2 = 𝑐 𝑠 𝑚 𝑠 (𝑡 𝑛 − 𝑡 2 ) (4) bu yerda c s suvning solishtirma issiqlik sig`imi, m s -suvning massasi, c k - kalorimetrning solishtirma issiqlik sig`imi, m k – kalorimetrning massasi, t 2 - suv va kalorimetrning dastlabki temperaturasi. 1-rasm. Tajribani o`tkazish qurilmasi. Issiqlik balans tenglamasiga asosan ajralgan va yutilgan issiqlik miqdorlari o`zaro teng bo`ladi (bunda tashqi muhitga ajralib chiqqan issiqlik miqdori juda kichik bo`lgani uchun hisobga olmaymiz),ya’ni: 𝑄 1 = 𝑄 2 (5) yoki 𝑐𝑚(𝑡 1 − 𝑡 𝑛 ) = 𝑐 𝑠 𝑚 𝑠 (𝑡 𝑛 − 𝑡 2 ) + 𝑐 𝑘 𝑚 𝑘 (𝑡 𝑛 − 𝑡 2 ) (6) (6) tenglamadan jismning issiqlik miqdorini topsak, quyidagi (7) ifodaga ega bo`lamiz: 𝑐 = (𝑐 𝑠 𝑚 𝑠 +𝑐 𝑘 𝑚 𝑘 )(𝑡 𝑛 −𝑡 2 ) 𝑚(𝑡 1 −𝑡 𝑛 ) (7) Bu yerda suvning solishtirma issiqlik sig`imi koeffitsienti c s aniq, jismning temperaturasi esa bug` temperaturasiga teng deb faraz qilinadi. Download 38.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling