Laboratoriya ishi №3 fosfat xom-ashYolaridan ekstraktsion fosfat kislota ishlab chiqarish. Ishning maqsadi
Download 43.62 Kb.
|
3-лаборатория иши
Ishni bajarish tartibi.
Fosfatlarni parchalanishi fosfor kislotasining hosil bo`lishini, havoni tortuvchi shkafga o`rnatilgan – 1-2 listlik forfor stakanda o`tkaziladi. Stakanga aralashtirgish o`rnatiladi va uni kerakli temperaturagacha qizdirish uchun suv hammomiga yoki termostatga o`rnatiladi. Tajribani doim ekstraktsiya sharitida yoki to`xtovsiz ekstraktsiyani bajaruvchi sharoitida olib boriladi. Birinchi variantda bir vaqtning o`zida hamma reagentlar solinadi va barilgan vaqt mobaynida ularni aralashtirib turadi. Olingan pul`pani jarayon oxirida fil`trlanadi. To`xtovsiz ekstraktsiya sul`fat kislota va suyultirilgan fosfor kislotasini ozroq-ozroqdan, asta sekin qo`shib borish yo`li bilan olib boriladi. Sopol stakaniga kimyoviy va granullometrik tarkibi aniq bo`lgan 100-200 g fosfat olinadi. Keyin alohida sopol stakanda (75% H2SO4) kerakli miqdorda sul`fat kislota va suyultiruvchi eritma tayyorlanadi. Sul`fat kislotani normasini yoki sul`fat kislotasini miqdorini (monogidratdagi) 100 bo`lak (mass.) fosfatni parchalash uchun kerakli xom ashyo uchun yuqori sifatli (apatit kontsentrati) 95-100% oralig`ida stexiometrik miqdorda fosfatdagi SaO miqdoriga hisoblanib olinadi. Sul`fat va fosfor kislotasini eritmalarini hisoblangan miqdoriga qaraganda ma`lum darajada to`yimliroq qilib tayyorlanadi. Suyultirish eritmasini zichligini areometr bilan aniqlanadi. Keyin tsilindr yardamida kerakli hajmdagi suyultirish eritmasi olinib uni aralashtirgich bor stakanda qo`yiladi, aralashtirgichni va isitish plitasini tokka ulanadi. Eritmani temperaturasi 50°C etganda, aralashtirgich ishlab turgan xolatda stakanga fosfat sepiladi. Shundan keyin stakanda o`lachab olingan sulfat kislota miqdori asta-sekin yuboriladi. Keyinchalik pul`pani 75-80°C aralashtirib turiladi. Fosfatning parchalanishini 2-4 soat mobaynida olib boriladi, xar yarim soatda 5ml pul`padan analiz olib turiladi. Aralashmadagi sul`fat va fosfat kislotalarining mikdori quyidagicha aniqlanadi. Ma`lum miqdorda ekstraktsion pul`pa olinadi va fil`trlanadi. 5 - 10 sm3 miqdordagi fil`trat pipetka yordamida 250 ml o`lchovli kolbaga quyiladi va belgisigacha distillangan suv bilan tulatiladi. Eritmani yaxshilab aralashtiriladi. So`ngra eritmadan 25 sm3 olib konussimon kolbaga quyiladi, 2 - 3 tomchi metaloranj tomiziladi va 0,1 n NaOH eritmasi yordamida sariq rangga o`tguncha titrlanadi. Sarf bo`lgan ishqor miqdori (a) ni belgilab olinadi. Keyin esa eritmaga 2 - 3 tomchi fenolftalein tomiziladi va 0,1 N NaOH bilan titrlash pushti rang paydo bo`lguncha davom ettiriladi. Sarf bo`lgan 0,1 n NaOH ning miqdori (v) belgilanadi. Agar a>v bo`lsa, eritmada sul`fat va fosfat kislotalari mavjudligini tasdiqlaydi. Sul`fat kislotasining miqdorini g/l da quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Bu erda: 0,049 - H2SO4 ning 1sm3 1,0 n NaOH eritmasiga mos miqdori, gr. V - analiz qilinayotgan eritma miqdori, sm3 - 0,1 n NaOH eritmasining faktori. Fosfat kislotasining miqdori g/l esa quyidagicha aniqlanadi. Bu erda: 0,098 - H3PO4 ning 1sm3 1,0 N NaOH eritmasining massa miqdori, gr. F oiz miqdori esa Bu erda: - kislota aralashmasining zichligi. Download 43.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling