Laboratoriya ishi №3 fosfat xom-ashYolaridan ekstraktsion fosfat kislota ishlab chiqarish. Ishning maqsadi


Fosfat va sul`fat kislotalarini titrlash usuli bilan aniqlash


Download 43.62 Kb.
bet2/4
Sana23.04.2023
Hajmi43.62 Kb.
#1389354
1   2   3   4
Bog'liq
3-лаборатория иши

Fosfat va sul`fat kislotalarini titrlash usuli bilan aniqlash.
Usulning mohiyati shundan iboratki, sul`fat va fosfat kislotalari aralashmasi yoki fosfat kislotasi va kal`tsiy fosfat aralashmasini dastlab metaloranj so`ngra, fenolftalein ishtirokida ishqor bilan titrlanadi. Birinchi xolatda sul`fat kislotasidan vodorodning har ikki ioni va fosfat kislotasidan vodorodning bitta ioni titrlanadi.
H2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2H2O
H3PO4 + NaOH = NaH2PO4 + H2O
Ikkinchi xolatda fosfat kislotasidagi vodorodning ikkinchi ioni va kal`tsiy fosfatdagi vodorodning bitta ioni titrlanadi.
NaH2PO4 + NaOH = Na2HPO4 + H2O
Ca(H2PO4)2 + 2NaOH = CaHPO4 + Na2HPO4 + H2O
Tenglamadan ko`rinib turibdiki, fosfat va sul`fat kislotalarini ishqor bilan fenolftalein ishtirokida titrlaganda, fosfat kislotasi mikdorini, metaloranj ishtirokida titrlaganda esa fosfat va sul`fat kislotalari miqdorining yig`indisini aniqlash mumkin ekan.
Birinchi va ikkinchi titrlash natijalarining ayirmasi orqali esa sul`fat kislotasi mikdorini aniqlanadi. Aralashmada fosfat kislotasi va kal`tsiy fosfat bo`lgan xolatda esa aralashmani metaloranj ishtirokida ishqor bilan titrlaganda fosfat kislotasining mikdorini fenolftalein ishtirokida titrlaganda esa fosfat kislotasi va kal`tsiy fosfatning umumiy miqdorini aniqlanadi. Ularning ayirmasi esa Ca(H2PO4)2 ning mikdorini beradi.
Tajriba o`tkazish uchun kerakli buyumlar, jihozlar va reaktivlar.
1. Fosforit.
2. Kontsentrlangan sul`fat kislotasi.
3. Aralashtirgich.
4. Termostat.
5. Termometr.
6. Sopol stakan.
7. Titrlash qurilmasi.
8. Natriy ishqori eritmasi, 0,5N.
9. Metiloranj va fenolftalein indikatorlari.

Download 43.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling