3. Betma-bet tekshirish. Nivelirlash jurnalining bir betidagi nisbiy balandliklarni tekshirish maqsadida bajariladi. Buning uchun har bir betida orqa oldingi (Σv) sanoqlar, musbat va manfiy nisbiy balandliklar (Σ-h Σ+h), o‘rtacha musbat (Σ+ho‘rta), nisbiy balandliklar yig‘indisi olinadi. So‘ng shu yig‘indilarni quyidagi betma-bet tekshirish formulasiga qo‘yiladi:
= + +….+
Agar shu tenglik to‘g‘ri chiqsa, demak, har bir betida nisbiy balandliklar va o‘rtacha nisbiy balandliklar to‘g‘ri.
Berilayotgan topshiriqda, dala ishlari kvadratlarga bo‘lib (50x50m) geometrik nivelirlashning o‘rtadan nivelirlash usuli bilan to‘rtta stansiyadan yopiq nivelirlash yo‘li bo‘yicha amalga oshirilgan (20-rasm). Hisob-chizma ishlari quyidagi tartibda bajariladi.
4.Nivelirlash yo‘li nisbiy balandliklarini tenglash
Betlardagi nisbiy balandliklarni tekshirishdan keyin ularni tenglashga kirishiladi. Buning uchun nisbiy balandliklarni bog‘lanmaslik xatosi fh hisoblanadi. Bunda uchun nivelirlash yo‘li bo‘yicha o‘rtacha nisbiy balandliklarni umumiy yig‘indisi topiladi:
= + +….+
Nivelirlash yo‘li yopiq bo‘lgani uchun ,
= 0
Nivelirlash yo‘lining amaliy xatosi quydagi formula bilan hisoblanadi:
fh amal = - .
O‘rtacha nisbiy balandliklarning nazariy yig‘indisi 0 ga teng bo‘lgani uchun,
fh amal = .
Nivelirlash yo‘lini yo‘l qo‘yarli xatosi
fh y.q. ≤ ± 10 , mm ,
bunda n - stansiyalar soni.
Nivelirlash yo‘lining amaliy xatosi yo‘l qo‘yarli xato bilan solishtiriladi:
Agar fh ≤ fh.y.q bo‘lsa, topilgan fh ni teskari ishora bilan bir xil qiymatda nisbiy balandliklarga tuzatma δh tariqasida tarqatiladi.
δh = - (fh / n).
Do'stlaringiz bilan baham: |