Laboratoriya ishi 35 Potensiometriya. Kuchli yoki kuchsiz kislotalarni va ishqorlar miqdorini aniqlash. Metodning mohiyati
Download 111.18 Kb.
|
Lab.35
pH -340 asbobi uchun yo‘riqnoma
1. pH 340 elektron potensiometri oz miqdordagi EDSni o‘lchashga xizmat qiladi. Uning shkalasi millivolt va pH birikmalariga bo‘lingan. Qurilmaning sxematik ishlashi eritmaning temperatura o‘zgarishiga asoslangan. 2. O‘lchashni boshlash uchun elektrodlar avvaldan tayyorlab qo‘yiladi. Buning uchun shisha elektrod 8 soat davomida 0,1m HCl eritmasida ivitiladi. Xlor kumush elektrod-yuqorida joylashgan teshikcha orqali KCl ning to‘yingan eritmasi bilan to‘ldiriladi. SHundan so‘ng elektrodlarni asbobning keyingi qismida joylashgan elektrod uyachalariga birin –ketin mos ravishda joylashtiring. 3. Qurilmani 220 V kuchlanishga ulang bunda oldingi panelda indikator lampochka yonadi. 4. pH ni yoki eritma potensialini o‘lchash davomida o‘zgarishlar mobaynida temperatura o‘zgartirmay qurilmaning oldingi panelida harorat ko‘rsatkichini eritma temperaturasiga mos ravishda o‘rnating. 5. pH ko‘rsatkichlarini o‘lchash uchun asbobni etalon bufer eritmalar asosida sozlang. Kislotali eritmalar pH ko‘rsatkichini o‘lchash uchun asbobni rN ko‘rsatkich 1,68 bo‘lgan bufer eritma orqali (yoki 4,01) neytral eritmalarni o‘lchashda-6,88, kuchsiz ishqoriy uchun-9,22 orqali sozlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Keng intervaldagi pH ko‘rsatkichlarni o‘lchash uchun asbobni 2 ta etalon eritma orqali sozlab oling. 6. Sozlab olish uchun toza stakanga 15-20 ml distirllangan suv quyib unga elektrodlarni tushiring, suvni to‘kib tashlang, elektrodlarni filtr qog‘oz bilan (juda extiyotkorona) arting, ularni uncha katta miqdorda bo‘lmagan (5-10 ml) tanlangan etalon eritma bilan yuving va bu eritmani yangisi bilan almashtiring. “razmax” (pereklyuchatelini) “3 pH” da, pereklyuchatelь “predeli izmereniy” ni esa qisqa diapazonga qo‘ying. Masalan, bufer etalon pH 1,68 bo‘lganda o‘zgarish chegarasini “predel izmereniy” -1;+2 da o‘rnating. Qiymatlarni qurilmaning yuqori shkalasidan oling. Ko‘rsatmalarni hisoblashning quyidagi qoidalari ma’qullanadi. Berilgan diapazon uchun qurilma ko‘rsatmalarini o‘lchangan pH ning dastlabki ko‘rsatkichlaridan yuqori shkalasi bo‘yicha hisoblash. Agar o‘rnatilgan “razmax”da “15 pH” bo‘lsa “o‘lchashlar chegarasi” dastagini qiymatlari quyi shkalasi bo‘yicha o‘qiladi (qo‘pol). 7. Qurilmaning strelkasi etalon pH eritmani o‘rnatgandan so‘ng ma’lum bir ko‘rsatkichga kelib to‘xtaydi (1-2 min), agarda u etalondagi pH ko‘rsatkichdan farq qilsa, sozlash dastagining ustidagi qopchani echib sozlash dastagi “E”ni sekin asta burab strelkani etalon pH eritma ko‘rsatkichiga moslab qo‘ying. Qopqoqchani yopib stakanga bufer (etalon) eritmaning o‘rniga distirllangan suv quying. Agarda bunday sozlash muvaffaqiyatli bo‘lmasa, laborantga murojaat qiling. 8. O‘rganilayotgan eritmaning pH ni o‘lchash uchun elektrod va stakanlarni yaxshilab yuving va ularni o‘rganilayotgan eritma bilan chaying va shu eritmaning yangi porsiyasini shunday miqdorda olib o‘rnating bunda elektrodlar 3sm dan kam bo‘lmagan holda botib tursin. SHundan so‘ng qurilmadagi boshqa xech qanday dastakka teginmasdan pH -metr ko‘rsatmalarini yozib oling. 9. Qurilmani millivolьtmetr sifatida ishlatilganda bufer eritmalarda sozlash ishlari amalga oshirilmaydi. EDS ko‘rsatmalari shkala bo‘yicha bevosita o‘qiladi. Bunda diapozonni hisobga olish zarur va shkala ko‘rsatkichlari 100ga ko‘paytirilib aytiladi. Masalan, 4-9 diapazonda ishlash davrida ko‘rsatma 1,05 ni tashkil etsa E=505 mV, “+mV” dan “-mV” shkalarida ishlaganda -505 mV kabi. Strelka qotib ishlasa qo‘shni diapazonga qaytish kerak (“+mV” dan “-mV” ga yoki aksi) 10. Red-oks potensialini o‘lchash davrida indiakator platinadan tayyorlangan elektrod “izm” gnezdoga xlor kumush elektrod esa “vsp” (ko‘zchaga) gnezdaga joylashadi. Bu holatda φ=Eo‘zgar+201, 201mV-bu t=200C bo‘lgandagi tenglashtirish. 11. Ion-selektiv elektrod bilan ishlash vaqtida bu elektrod “izm” ko‘zchaga joylanadi va φ ni hisoblash yuqorida ko‘rsatilganidek amalga oshiriladi. 12. BAT-15-yordamchi bloklarni yoki kichik magnit aralashtirgichni ishlatish tavsiya etiladi. Download 111.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling