Laboratoriya ishi 35 Potensiometriya. Kuchli yoki kuchsiz kislotalarni va ishqorlar miqdorini aniqlash. Metodning mohiyati
Kerakli asboblar, idishlar va reaktivlar
Download 111.18 Kb.
|
Lab.35
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
Kerakli asboblar, idishlar va reaktivlar:
pH 340 elektron potensiometri; ion-selektiv elektrod; xlor-kumushli elektrod; analitik tarozi; 100 ml li o‘lchov kolbalari; byuks; distirllangan suv etalon eritmalar; vodoprovod suvi; to‘plamda mavjud bo‘lgan istalgan uchta tuz; kaliy nitrat tuzi aralashmasi; Ishni bajarish tartibi 1. pH ni shisha elektrod yordamida aniqlash. pH -metrni sozlash yo‘riqnomadagi kabi bufer eritma orqali olib boriladi. To‘g‘rilanganligini ikkinchi etalon eritmaning pH buferini o‘lchash orqali tekshiring. Asbobni ∆ pH ≤ 0,01 bo‘lganda ishlatish mumkin. Vodoprovod suvining pH qiymatini o‘lchang, olingan natijalarni nazariy jihatdan hisoblang. Mavjud to‘plamdan 3 ta turli hil tuzlarning pH ko‘rsatkichini o‘lchang. Laboratoriya jurnaliga pH ni o‘lchash sxemasini yozing. Bunda berilgan elektrod bilan uning ishlash prinsipini va aniqlash chegaralarini ko‘rsating (yo‘riqnomaga qarang). 2. pNO3- ni ion-selektiv elektrod yordamida aniqlash. Elektron potensiometrning “ind” gnezdosiga nitratli ion selektiv elektrodni joylashtiring. Tenglashtiruvchi Cl-Ag li elektrodni “vsp” gnezdosida joylashtiring. Mazkur qurilmaning yuriqnomasiga asosan KNO3 ning turli konsentrasiyadagi eritmalarining EYUK larini ikkala elektrodni tushirib o‘lchang va milimetrli qog‘ozga E-rS koordinatlarida olingan natijalar grafigini tuzing. Grafik asosida noma’lum eritmadagi KNO3ning konsentrasiyasini aniqlang. Buning uchun laborantdan analiz uchun namunani oling (tuzlarning quruq aralashmasi). Analitik tarozida ~ 0,1 g o‘lchab olib distirllangan suvda eriting va eritmani 100 ml li o‘lchov kolbasiga o‘tkazing. Eritmani kolbadagi belgiga etkazganingizdan keyin yaxshilab aralashtiring va E kattalikni uch martadan kam bo‘lmagan miqdorda o‘lchang. Olingan natijalarni nazariy jihatdan hisoblang E kattaliklari va dastlab tuzilgan garafikdan foydalanib olingan KNO3 ning konsentrasiyasini aniqlang. Laboratoriyada olingan natijalar asosida analiz uchun olingan KNO3 namunasini aralashmadagi miqdorini 95 % aniqlik bilan Cr larini ko‘rsatgan holda laboratoriyaga topshiring. Darajalangan grafikni tuzishning o‘rniga, uning tenglamasini kichik kvadratlar metodi bo‘ycha hisoblash mumkin. Bu holdaajratilgan tenglamani ishlatish kerak. O‘qituvchining ko‘rsatmalari asosida qo‘shimcha topshiriqlarni (φ-rC) grafigini tuzish, chetki moddalar kiritilishi natijasida elektrod ko‘rsatgichining o‘zgarishini ko‘rish mumkin. Konsentratsiyani 2 marta oshirganda nitrat elektrod potensial necha millivoltga o‘zgaradi? Download 111.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling