Laboratoriya ishi 35 Potensiometriya. Kuchli yoki kuchsiz kislotalarni va ishqorlar miqdorini aniqlash. Metodning mohiyati


Download 111.18 Kb.
bet2/5
Sana01.05.2023
Hajmi111.18 Kb.
#1418763
1   2   3   4   5
Bog'liq
Lab.35

H+-funksiyali shisha elektrod. SHisha elektrod membranali elektrodlar jumlasiga kiradi. Aniqlanishicha, mahsus tarkibli shishadan tayyorlangan ingichka membrana va eritma o‘rtasida potensiallar o‘zgarishi sodir bo‘ladi, bu o‘z navbatida eritmadagi funksiyani ifodalaydi. Berilgan holatdagi potensial hosil bo‘lishi mexanizmi elekrokimyoviy sodir bo‘lmasada, uning kattaligi Nernst tenglamasiga mos keladi:

bu erda υ=ƒ (t) taxminan υ=0,06. To‘g‘ri ishlovchi shisha elektrodlarda φ0 kattaligi pH ning qiymati turli bo‘lgan hollarda o‘zgarmasligini saqlaydi φ=φ0 (pH)ning kattaligi nazariy jihatdan hisoblanilganiga yaqin. Odatda sharsimon shisha elektrodlar qo‘llaniladi, ularning ichki qismiga shunga muvofiq eritma masalan, HCl bilan to‘ldiriladi. Elektrodning tashqi qavatini tekshirilayotganeritmaning sirti bilan taьsirlashtiriladi.
Shisha elektrodning ustunlik tomoni kuchli oksidlovchi va qaytaruvchilar mavjud bo‘lgan eritmalarning pH ni o‘lchashni kiritish mumkin. Ammo, kuchli ishqoriy eritmalarning pH ni o‘lchash vaqtida elektrod ko‘rsatgichlariga eritmadagi boshqa kationlar ta’sir qiladi ayniqsa ishqoriy metallarning kationlari bu xatoga olib keladi.
Ion-selektiv elektrodlar. Bu elektrodlar membranali elektrodlardan ustunlik tamoni shundaki ularning potensiali boshqa ionlarning aktivligiga bog‘liq. SHisha elektrodlarning potensiali esa faqat H+ ionlariga bog‘liq.
Ion-selektiv elektrodlar amaliyotda aloxida ionlarni aniqlash uchun masalan, ishqoriy, ishqoriy er, og‘ir metallar, turli xildagi galogenlar, nitrat, perxlorat, sul’fatlarni aniqlash uchun keng ko‘lamda qo‘llaniladi. YUqorida ko‘rib chiqilgan elektrodlardan bularning asosiy farqli tomoni ularning membrana materiallari shisha, tuz kristallari, qovushqoq organik suyuqliklarning preslanishi natijasida olingan yupqa polimer plankalar bo‘lishidadir. Ion selektivli elektrodlar bilan ishlash shisha H+-funksiyali elektrodlar bilan ishlashga o‘xshashdir. Bu holatlarida qurilmani to‘g‘rilash aniqlanayotgan ionlarning ma’lum konsentratsiyali eritmalari asosida boradi.

Download 111.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling