Xavfsizlik choralari
1. Qurilmani yoqishdan oldin uning haqiqiy yo‘riqnomasi bilan yaxshilab tanishing.
2. Qurilma “zazemlenie”ga ulangan (ortiqcha elektr energiyasining erga kirishi uchun erga ulangan sim ) bo‘lishi kerak.
3. Qurilma birinchi marta o‘qituvchi yoki laborant ishtrokida ulanadi.
4. Tekshirilayotgan eritma juda extiyotlik bilan almashtirilishi kerak. Agarda u ingichka shishadan yasalgan elektrodlarga tegib ketsa elektrodlardagi kichkina mikro yoriq ham jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. SHuni ham inobatga olish kerakki elektrodlar kameb hamda narxi o‘ziga yarasha bo‘lgan pH -metrning ajralmas qismidir.
5. SHisha va xlor –kumush elektrod doimo suvda yoki suyuqlik ichida saqlanadi. Masalan, xlor-kumush elektrod doimo KCl to‘yingan eritmasi bilan to‘ldirilgan bo‘lishi kerak, bu KCl chiqib ketishining oldini oladi. Laboratoriya ishi yakunlangandan so‘ng elektrod teshikchasini rezina qopqoq yoki izalyasion lenta bilan berkiting.
6. Ish tugagandan so‘ng qurilmani elektr manbaidan uzish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |