Laboratoriya ishi №4 Mineral o’g’itlar ishlab chiqarishda hosil bo’ladigan suspenziyani quritish tezligini aniqlash


Download 311.76 Kb.
bet1/9
Sana23.10.2023
Hajmi311.76 Kb.
#1717695
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Loyihalash lab-4


Laboratoriya ishi №4

Mineral o’g’itlar ishlab chiqarishda hosil bo’ladigan suspenziyani quritish tezligini aniqlash


Ishning nazariy asoslari


Quritish – qattiq va pastasimon materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoniga aytiladi.
Quritish asosan ikki usulda olib boriladi.
1. Konvektiv quritish - nam material bilan qurituvchi agent to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro aralashadi.
2. Kontaktli quritish – issiqlik tashuvchi agent va nam material o‘rtasida ularni ajratib turuvchi devor bo‘ladi.
Quritish jarayonida materialdan namlik bug‘lanadi va ana shu bug‘lar gaz, havo bilan qo‘shilib, bir jinsli aralashma xosil qiladi, qaysiki bunga termodinamikaning asosiy qonunlari qo‘llaniladi.
Demak: nam, quruq havo va suv bug‘larining aralashmasidan iborat, quritish jarayonida, (asosan nam havo) namlik va issiqlik tashuvchi agent vazifasini bajaradi.
Nam havoning asosiy xossalari quyidagi parametrlar bilan xarakterlanadi: absolyut namlik, nisbiy namlik, nam saqlash, entalpiya.
Absolyut namlik - nam havoning hajm birligiga to‘g‘ri kelgan suv bug‘larining miqdoriga aytiladi va сб (kg/m3 ) bilan belgilanadi. Agar nam havo o‘zgarmas nam salashda х = const sovutilsa, ma’lum temeraturaga yetgach, namlik shudring sifatida ajrala boshlaydi, bunday jarayonga shudring nuqtasi deyiladi. Bu sharoitda havo tarkibida maksimal miqdorda suv bug‘i bo‘ladi. Havoning to‘yinish paytidagi absolyut namligi т (kg/m3) orqali ifodalanadi.
Nisbiy namlik - havo absolyut namligining to‘yinish paytidagi absolyut namlik nisbatiga aytiladi. Havoning nisbiy namligi (to‘yinish darajasi) foiz xisobida quyidagi ifoda bo‘yicha topiladi:
(13.1)
bu yerda: Псб - tekshirilayotgan nam havodagi suv bug‘larining parsial bosimi, Pa; Пт - berilgan temperatura va umumiy barometrik bosimda to‘yingan suv bug‘larining bosimi, Pa.

Download 311.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling