Laboratoriya ishi-4
Download 171.51 Kb.
|
4- lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va mashqlar
- Elektrolit eritmalar Tuzlarning gidrolizi Zarur asbob va reaktivlar
- 0,1 n eritmalar
- 2 n eritmalar
Interpolyatsiya usuli.
Masalan: NaCl uchun o’lchangan zichligi ρo’lch. = 1,045 g/ml ga teng, jadvalda bu miqdor yo’q, shuning uchun jadvaldan katta va kichik qiymatlarni olamiz: ρ katta = 1,056; ckatta= 8 % ; ρ kichik = 1,041; ckichik= 6 %; bularning ayrimasini aniqlamiz --------------------------------------------- ∆ ρ = 0,015 ∆c= 2% So’ngra ρo’lch. bilan ρ kichik o’rtasidagi farq aniqlanadi: ∆ ρ1= ρo’lch.- ρ kichik = 1,045 – 1,041 = 0,004 Nixoyat, ∆ ρ1 = 0,004 ga to’g’ri keladigan ∆c1 ning qiymatini topish uchun proportsiya tuziladi: ∆ ρ - ∆ c 0,015 - 2% ∆ ρ1 -∆ c1 0,004 – ∆ s1 % ∆ s1 = = 0,53 Topilgan ∆ c1 ning qiymatini jadvaldan olingan kontsentratsiyaning kichik qiymatiga qo’shib, haqiqiy massa ulushi topiladi Chaq = ckichik + ∆ c1 = 6 + 0,53 = 6,53 % Aniqlangan qiymatlardan foydalanib eritmani molyal, molyar va normal kontsentratsiyalari xisoblab toping.
Tajriba 2 natijalari
Savol va mashqlar 1. Normal sharoitda 2 l xlor 5 l suvda eritilgan. Eritma hajmini o‘zgarmas deb hisoblab, undagi xlorning massa ulushini va molyar konsentratsiyasini hisoblang. 2. Zichligi 1,14 g/sm3 bo‘lgan sulfat kislota eritmasining molyar konsentratsiyasini hisoblang. 3. 5% li kaliy xlorid eritmasining molyal konsentratsiyasini hisoblang. 4. 1 l 10%li HCl eritmasi (ρ = 1,049 g/sm3) tayyorlash uchun 37% li (ρ = 1,19 g/sm3) eritmadan va suvdan qancha hajm kerak? 5. 15% li HNO3 eritmasini hosil qilish uchun 500 g suvga 60% li nitrat kislota eritmasidan qancha qo‘shish kerak? Elektrolit eritmalar Tuzlarning gidrolizi Zarur asbob va reaktivlar. Elektr o‘tkazuvchanlikni aniqlash uchun asbob (58- rasm). Kimyoviy stakanlar. Probirkalar. Indikatorlar. Lakmus, metiloranj, fenolftalein. Qand (poroshok holida), natriy xlorid (kr), rux (metall), konsentrlangan CH3COOH. 0,1 n eritmalar: xlorid kislota, o‘yuvchi kaliy va natriy, sirka kislota. Sulfat kislota. Ammoniy gidroksid. Natriy xlorid. Mis (II) xlorid, temir (III) xlorid. Kumush nitrat. Тemir (II) sulfat. Xrom (III) sulfat. Xrom-kaliyli achchiqtosh. Rux sulfat. Alyuminiy sulfat. Magniy sulfat. Kalsiy xlorid. Ammoniy oksalat. Natriy silikat. Ammoniy molibdinat. Kalsiy xlorid. Natriy sulfat. 2 n eritmalar: xlorid va sulfat kislota, o‘yuvchi natriy va kaliy. Ammoniy xlorid va sulfatlar. 1- tajriba. Elektrolit eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligini 58- rasmda ko‘rsatilganidek, ikkita ko‘mir elektrodini taxtaga yoki po‘kakli probkaga mustahkam o‘rnatib, unga ketma-ket qilib elektr lampochkasini, elektrod bilan tok manbai orasiga 0,5 — 2 a mo‘ljallangan ampermetr ulab asbob yig‘ing. Stakanga 25 — 30 ml distillangan suv quyib, asbobni tok manbaiga ulang. Lampochka yonadimi? Suv elektr tokini o‘tkazdimi? Stakandagi suvga 1 g chamasi maydalangan qand solib eriting. Asbobni tok manbaiga ulang. Endi lampochka yonadimi? Stakandagi qand eritmasini to‘kib, ularni distillangan suv bilan tozalab yuving va quriting. Stakanga NaCl kristallaridan solib, ko‘mir elektrodlari tuzga tegib turgan asbobni tok manbaiga ulabko‘ring. Quruq tuz elektr tokini o‘tkazadimi? So‘ngra asbobni tokdan uzib, tuz ustiga 25 — 30 ml suv quyib eriting va asbobni tok manbaiga ulang. Asbobning tok o‘tkazishini va lampochkaning yonishini kuzating. Download 171.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling