Laboratoriya ishi-4


Download 171.51 Kb.
bet6/6
Sana26.10.2023
Hajmi171.51 Kb.
#1723019
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4- lab

3- tajriba. Suyultirishning gidrolizga ta’siri.
Probirkaga surma xloridning konsentrlangan eritma­si­dan 7 — 10 tomchi olib, suv bilan suyultiring. Asosli tuz cho‘kmasi hosil bo‘lishini kuzating. Reaksiyada Sb(OH)2Cl hosil bo‘ladi. U oson parchalanib, bir molekula suv chiqishi hisobiga antimanil xlorid (SbOCl) ga aylanadi. Reaksiyaning ­tenglamasini yozing. Asosli tuz cho’kmasi bor bo’lgan eritmaga cho’kma erib ketguncha xlorid kislotadan qo’shing va reaksiya tenglamasini yozing. Hosil bo’lgan eritmaga yana suv qo’shing va asosli tuz hosil bo’lishini kuzating.
4-tajriba. Gidrolizga haroratning ta’siri.
Probirkaga normal konsentratsiyalari bir xil bo’lgan FeCl3 va CH3COONa eritmalaridan 2ml olib aralashtiring. Aralashmani qaynaguncha isiting. Qo’ng’ir cho’kma—temirdigidroksoatsetatning hosil bo’lishini kuzating. FeCl3 va CH3COONa ning o’zaro ta’siridan Fe(CH3COO)3 hosil bo’lib, uning issiq suvda tez gidrolizlanishini hisobiga Fe(OH)2CH3COO cho’kma hosil qilishi tenglamasini molekulyar va ionli shaklda yozing.
5-tajriba. To’la gidroliz.
Probirkaga 4-5 ml alyuminiy sulfat solib, ustiga kaliy karbonat eritmasidan oq amorf cho’kma hosil bo’lgunicha tomizing va CO2 ajralib chiqishiga e’tibor bering. Probirkani isitib, cho’kmani filtrlab oling va ortiqcha K2CO3 ni yo’qotish uchun cho’kmani issiq suv bilan yuving. Hosil bo’lgan cho’kmaning alyuminiy karbonat emas ekanligiga ishonch hosil qilish uchun cho’kmani ikki qismga bo’ling, birinchi qismiga suyiltirilgan xlorid kislotadan, ikkinchisiga esa oyuvchi kaliy eritmasidan quying Alyuminiy sulfat va kaliy karbonat eritmalarini aralashtirganda boradigan birgalikdagi gidroliz reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli shaklda yozing.
Savollar va mashqlar
1. Quyida berilgan tuzlarning qanday asos va qanday kislotadan hosil bo‘lganligini ko‘rsating. Qaysi holatlarda gidroliz bosqichli ravishda borishini aniqlang. Fikringizni gidroliz tenglamalarini yozish orqali asoslang. NaClO, ZnSO4, Cu(NO3)2, Na2CO3, Na3PO4, KNO3, NaCl, Al2S3, Fe(NO3)3
2. Quyida keltirilgan tuzlarning gidroliz darajasidagi farqini 11- jadvaldan foydalanib aniqlang. CH3COONH4, Na2HPO4, Na2CO3, KCN, Al2(SO4)3, Al(CH3COO)3
3. 1- va 2- mashqlarda keltirilgan tuzlar gidrolizida hosil bo‘ladigan assosli va nordon tuzlarning nomini va grafik tuzilishini hamda dissotsialanishini ifodalang.
4. Quyidagi tuzlarning gidrolizlanish tenglamalarini molekulyar va ionli shakllarda yozing. Eritma muhitini ko‘rsating: a) ammoniy nitrat; b) kaliy sulfat; d) ammoniy perxlorat; e) bariy atsetat; f) natriy gipoxlorit; h) natriy sulfid; i) alyuminiy sulfit.
5. Kaliy sulfid, selenid, telluridlarning gidrolizla­nish tenglamalarini molekulyar va ionli shakllarda yozing. Bu tuzlarning qaysi biri ko‘proq gidrolizlanadi? Nima uchun?
7. Quyidagi hollarda temir (III) sulfat gidrolizlanishi kuchayishining sababini tushuntiring: a) harorat oshganidan; b) ishqor qo‘shilgandan; d) natriy karbonat eritmasi qo‘shil­gandan.
8. Alyuminiy tuzlari eritmasiga natriy sulfid erit­masi qo‘shilganda alyuminiy sulfid cho‘kmaga tushmasdan alyuminiy gidroksid cho‘kmaga tushishi sababini tushunti­ring.
9. Quyidagi hollarda xrom (III) sulfatning gidroliz­lanish darajasi qanday o‘zgaradi?
a) kislota qo‘shilsa; b) ishqor qo‘shilsa; d) harorat oshi­rilsa; e) kaliy sulfid eritmasi qo‘shilsa; f) kaliy kar­bonat eritmasi qo‘shilsa.
10. Qaysi tuz (kaliy sulfid yoki ammoniy sulfid) ko‘proq gidroliz­lanadi? Nima uchun? Gidroliz tengla­ma­larini yozing.
12. Quyidagi tuz eritmalarida gidroliz konstantasini Kg, gidroliz darajalarini , eritma pH larini hisoblang. a) 0,1 m K3PO4, b) 0,1 m CH3COO Na. Gidrolizning faqat birinchi bosqichi boradi deb qaralsin.
Javoblar: a) pH = 12,4, = 2,8 %, Kg = 7,94 · 10-3
b) pH = 8,88, = 7,56 · 10-3 %, Kg = 5,56 · 10-10
Download 171.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling