Laboratoriya ishi №5 Mavzu: Refraktometr yordamida suyuqlikni sindirish ko’rsatkichini aniqlash


Download 274.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi274.23 Kb.
#1542871
  1   2   3   4
Bog'liq
5-LABORATORIYA ISHI



I-muxit 
α 
II-muxit
β 
LABORATORIYA ISHI №5 
Mavzu: Refraktometr yordamida suyuqlikni sindirish ko’rsatkichini 
aniqlash. 
Kerakli asboblar va jixozlar: 
1. Refraktometr. 
2. Pipetka. 
3. Har xil konsentrasiyali eritmalar. 
Ishning maqsadi: 
Refraktometr bilan ishlashni o`rganish. Refraktometr yordamida eritmalar 
sindirish ko`rsatkichini konsentrasiyaga bog`liqligini kuzatish. Bu ishning 
tibbiyotdagi ahamiyati qon zardobidagi oqsil moddasini, qand eritmalarini, siydik 
tarkibidagi ayrim moddalarni aniqlashni o`rganish. 
Yorug`lik oqimi (nurli) yo`nalishining bir muxitdan ikkinchi muxitga 
o`tishida o`zgarishi yorug`likning sinishi yoki refraksiyasi deyiladi. Yorug`lik 
sinishining asosiy qonuni quyidagicha ta`riflanadi. Tushuvchi nur, singan nur va 
ikki muxit chegarasiga nurning tushish nuqtasidan o`tkazilgan perpendikulyar bir 
tekislikda yotadi. Tushush burchagi sinusning sinish burchagi sinusiga nisbati 
berilgan ikki muxit uchun o`zgarmas kattalikdir.
 
 
n-ga nisbiy sindirish ko`rsatkichi yoki ikkinchi muxitning birinchi muxitga 
nisbatan sindirish ko`rsatkichi deyiladi. Sindirish ko`rsatkichi n yorug`likning 
sinishi sodir bo`layotgan birinchi va ikkinchi muxitlardagi tezliklari 
va 
ning 
nisbatiga teng. 
=
shu sababli sinish qonunini quyidagi ko`rinishda ham yozish 
mumkin.

=
=
Agar sinish burchagi β tushish burchagi α dan kichik bo`lsa, yuqoridagi formulaga 


asosan yorug`ikning ikkinchi muxitdagi tezligi
birinchi muxitdagi tezligi 
dan 
kichik bo`ladi, ya`ni 
<

Muxitning vakuumga nisbatan sindirish ko`rsatkichi shu muxitning absolyut 
sindirish ko`rsatkichi shu muxitning absolyut sindirish ko`rsatkichi deyiladi. 
=
Bu yerda c- yorug`likning vakuumdagi tezligi, -esa muxitdagi yorug`lik 
tezligi. 
Absolyut sindirish ko`rsatkichi kichik bo`lgan muxitni optic jixatdan zichligi 
kichik muxit deb ataladi. Eritmalarning sindirish ko`rsatkichi kichik bo`lgan 
muxitni optik jixatdan zichligi kichik muxit deb ataladi. Eritmalarning sindirish 
ko`rsatkichini aniqlash usuli tibbiyotda diagnostikada katta ahamiyatga ega. 
Eritmalarning sindirish ko`rsatkichi eritilgan moddaning konsentrasiyasiga bog`liq 
bo`lgani uchun eritmalarning konsentrasiyasini, masalan, qon zardobidagi oqsil 
moddasini, qand eritmalari tuzlarni va hokozolarning konsentrasiyasini aniqlash 
mumkin. Sindirish ko`rsatkichiga qarab suvning tozaligi aniqlanadi. 
Moddaning sindirish ko`rsatkichini aniqlashda refraktometrlar ishlatiladi. 
Masalan, qon zardobidagi oqsilning miqdorini refraktometr yordamida 
quyidagicha aniqlanadi. O`lchashlar shuni ko`rsatadiki qon zardobidagi tuzlarning 
sidirish ko`rsatkichi n=1,333 bo`lgan suvning sindirish ko`rsatkichini 0,003 
miqdorga oshiradi. Qon zardobidagi sindirish ko`rsatkichining keying o`zgarishi 
esa undagi oqsilning miqdoriga qarab oshadi. Bunda qon zardobi tarkibidagi oqsil 
miqdorining bir foizga oshishi, sindirish ko`rsatkichini 0,0019 qiymatga 
o`zgartiradi. Shuning uchun qon zardobining sindirish ko`rsatkichi o`lchab olinib, 
undagi oqsil miqdorini hisoblash mumkin. Buni quyidagi formula orqali aniqlash 
mumkin.
=
− (
− ∆ )
0,0019
-1,333 toza suvning sindirish ko`rsatkichi. 
∆ =0,003 qon zardobi tarkibidagi 
tuzlarning sindirish ko`rsatkichi. n-esa qon zardobi tarkibidagi oqsil bo`lgan 
suyuqlikning sindirish ko`rsatkichi bo`lib, tajribada aniqlanadi. 

Download 274.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling