Лаборатория иши №5
Download 119 Kb.
|
УКТ лаборатория-1 ва 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Nazorat savollariQanday jarayon eterifikatsiya deb ataladi? Qanday murakkab efirlardan inson oziq-ovqat sifatida foydalanadi? Sirka kislotasining butil spirti bilan eterifikatsiyasida qanday katalizator ishlatiladi ?. Reaktsiya tenglamasini yozing? Efirning nazariy chiqishi qanday hisoblanadi? AdabiyotlarПозин М.Е. Руководство к практическим занятиям по технологии неоргонических вешеств. Л.: Химия 1980. Otaqo’ziev T.A., Axmerov Q.A., Turobjonov S.M.. Umumiy kimyoviy texnologiya. Darslik,-T., Niso poligraf, 2013, 600 b. Laboratoriya ishi №2 Vodorod xloridni absorbtsiyalash, xlorid kislotasi olish Ishdan maqsad: Xlorid kislotasini osh tuzidan sul`fat kislotasi ta`sirida olingan vodorod xloridni absorbtsiyalab olish jarayonini o`rganish. Nazariy ma`lumotlar Vodorod xloridning suvdagi absorbtsiyasi hosil bo`layotgan xlorid kislotasining harorati ko`tarilishi bilan boradigan jarayondir. Haroratning oshib borishi bilan birga xlorid kislotasining yuzasidagi bug`ning bosimi ham orta boradi. Vodorod xlorid va suv bug`laridan iborat bug`ning bosimi atmosfera bosimiga tenglashganda kislota qaynab ketadi va suvning bug`lanishi yuqori darajaga etadi. Adiabatik sharoitda suvning bug`lanishiga sarflanadigan issiqlik HCl ning suyulish issiqligi bilan to`ldiriladi va shu asnoda kislotaning kontsentratsiyasi uzluksiz orta boradi. Qaynayotgan kislota harorati esa dastlab 1100S ko`tariladi va kontsentratsiyasi 20,24% gacha etadi (bosim 101325 N/m2 yoki 760 mm simob ust.), so`ngra kamayadi. Tarkibida 20,24% HCl bo`lgan kislota HCl va H2O ning doimiy qaynaydigan aralashmasi hisoblanadi. Agar HCl - ning gaz fazasidagi partsial bosimi doimo qaynaydigan aralashma ustidagi (yuzasidagi) HCl bosimidan oshib ketsa, kislotaning kontsentratsiyasi 20,24% ga etadi va yanada oshib boraveradi, qaynash harorati esa pasayadi. Shu sababli HCl gazining miqdorini oshirib borishi adiabatik sharoitda kislota kontsentratsiyasining ortib borishiga sabab bo`ladi. Vodorod xloridni qaynayotgan suvga yuborilganda absorberdan chiqib ketayotgan gaz dastlab suv bug`laridan iborat bo`ladi, ammo kislota kontsentratsiyasining ortib borishi bilan chiqayotgan gaz tarkibida HCI gazining miqdori ham ortib boraveradi. Shuning uchun bitta absorberda kontsentrlangan kislota olinayotganda bir qism vodorod xlorid absorbtsiyalanmay qoladi. HCl ni to`liq yuttirish uchun gazni suvga qarama-qarshi bir necha absorberlar orqali yuborish yoki ichida tarelkalar, nasadkalar bor absorberlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Ana shundagina absorberlardan chiqib ketayotgan gaz faqat suv paridan iborat bo`ladi. Download 119 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling