Laboratoriya ishi №8 Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Galvanik elementlar va metallarning korroziyasi. Ishning bajarilishi


Download 25.7 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi25.7 Kb.
#1060568
  1   2   3
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI 8


LABORATORIYA ISHI №8
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Galvanik elementlar va metallarning korroziyasi.
Ishning bajarilishi
1. Kerakli jihozlar: Probirkalar, elektroplitka (gaz garelkasi ham bo`lishi mumkin), azbestlangan to`r.
2. Kerakli reaktivlar: Sulfat kislota H2SO4 eritmasi, rux bo`lakchasi, mis sulfat eritmasi, yuzasi zangdan tozalangan temir plastinka, kontsentrlangan sulfat kislota H2SO4, mis sim, FeCl3 eritmasi, kaliy yodid KJ eritmasi, kraxmal kleysteri, vodorod peroksid H2O2 eritmasi, yod J2 kristali, natriy ishqori – NaOH eritmasi, ammoniy bixromat- (NH4)2Cr2O7 kristalli.


1-Tajriba: Ruxning sulfat kislota bilan o`zaro ta`siri.
Probirkaga 3-4 ml sulfat kislota H2SO4 eritmasidan quyib, unga rux bo`lakchasidan tashlang. Vodorod ajralib chiqishini kuzating, reaksiya tenglamasini yozing. Elektron tenglamasi asosida oksidlovchi va qaytaruvchini ko`rsating.
2-Tajriba: Misni birikmasi tarkibidan temir yordamida siqib chiqarish.
Probirkaga 3-4 ml mis sulfat eritmasidan quying. Unga yuzasi zangdan tozalangan temir plastinkasi tushiring. Temir plastinkani yuqori qismi suyuqlikka botmasin. 2-3 minutdan so`ng plastinkani eritmadan oling. Suv bilan yuving va plastinkani ustida erkin holda mis ajralib chiqqanligini kuzating. Reaksiyaning umumiy va elektron tenglamasini tuzing. Oksidlovchini va qaytaruvchini ko`rsating.


3-Tajriba: Misning kontsentrlangan sulfat kislota bilan o`zaro ta`siri.
(Tajriba mo`rili shkafda bajariladi.)
Probirkaga 1-2 ml kontsentrlangan sulfat kislota H2SO4 quying. Unga bir bo`lak mis Cu simidan tushiring. Qo`ngir tusli gaz ajralishiga e`tibor bering. Reaksiyaning umumiy va elektron tenglamasini tuzing. Oksidlovchi va qaytaruvchini ko`rsating.

Download 25.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling