Laboratoriya ishi 9: Школьный химический кабинет и его организация Topshiriqlar


Laboratoriyada ishlaganda rioya qilinadigan


Download 24.28 Kb.
bet3/4
Sana09.09.2023
Hajmi24.28 Kb.
#1674929
1   2   3   4
Bog'liq
Лабораторная работа 9

Laboratoriyada ishlaganda rioya qilinadigan
texnika xavfsizlik qoidalari
Maktab kimyo laboratoriya tajribalari asosan o’qituvchi tomonidan yoki o’qituvchining jiddiy nazorati ostida bajariladi. Har bir o’quvchi laboratoriyada ishlayotganda quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilishi zarur:
1. Zaharli va ko'lansa hidli moddalar bilan qilinadigan tajribalarning hammasini mo’rili shkafda o'tkazing.
2. Ajralib chiqayotgan gazni idishhga yaqin engashib hidlamang. Gazni hidlash zarur bo'lsa, ehtiyot bo'lib, havoni qo'lingiz bilan idishh og'zidan o'zingiz tomon yelpib, ma'lum masofada hidlang.
3. Konsentrlangan kislotalarni, ayniqsa sulfat kislotani suv bilan suyultirishda suvni kislotaga quymay, kislotani suvga jildiratib aralashtirib quyish kerak.
4. Reaktivlarni qo'yishda ularni o'zingizga yoki kiyimingizga sachramasligj uchun hech vaqt idishhning tepasiga engashmang.
5. Suyuqliklarni qizdirayotganda probirka og'zini o'zingizdan va yaqin turgan kishilardan chetga teskari qaratib tuting.
6. Suyuqliklarni qizdirayotganda idishh ustiga engashib qaramang, chunki suyuqlik qaynaganda sachrashi mumkin.
7. Ishlaganda reaktivlarning (ayniqsa, kislota va ishqorlarning) yuzga, qo'l va ust boshga tegmasligini doimo kuzatib boring. Yuzingizga yoki qo'lingizga suyuqlik sachrasa, suv bilan darhol уuvib tashlang. Kuchli kislota sachrasa, avval ko'p miqdordagi suv bilan, so'ngra esa sodaning suyultirilgan eritmasi bilan yuving
8. Oson o't oluvchi, uchuvchan moddalar bilan qilinadigan tajribalarni o'tdan uzoqroqda va imkoni boricha murili shkafda o'tkazish lozim.
9. Benzin, spirt, efir o't olib ketsa, alanga ustiga qum sepib o'chiring. Issiq asbob yoki idishh stoldagi maxsus "taglik" ustiga qo'yilishi lozim.
10. Вiror yeringiz gaz gorelkasi alangasidan yoki qizdirilgan narsalardan kuyib qolsa, kuygan joyingizga kaliy permanganatning kuchli eritmasi bilan kuygan joy to`q qo'ng'ir rangga kelguncha ho'llanadi yoki kuyganda ishlatiladigan suyuqlik (aptechkadan olinadi) bilan ho'llangan paxta kuygan joyga quyiladi.
11. Zahrarlanib qolganda va qattiq kuyganda darhol vrachga murojaat qiling.
12. Mashg'ulot dasturida ko'rsatilmagan tajribalarni o'tkazish qat'iyan ta'qiqlanadi.
13. Laboratoriyada ishlash jarayoni tugatilgach, ish joyini tartibga keltirish, gaz gorelkalarini, vodoprovod jo'mraklarining ochiq-yopiqligini, elektr asboblarining o'chirilganligini tekshirib ko'rish zarur.
Maktab kimyo xonasi anorganik va organik kimyoga doir reaktivlar bilan yetarli darajada ta’minlangan bo’lishi kerak. Jumladan, kislotalar (sulfat, xlorid, nitrat), ishqorlar (o’yuvchi natriy, o’yuvchi kaliy, kal’siy gidroksid- so’ndirilgan ohak, novshadil spirt), eng zarur oksidlar (kalsiy oksid- so’ndirilmagan ohak, magniy oksid, temir (III)- oksid va hokazo), shuningdek, eng zarur tuzlar (mis kuporosi, osh tuzi, kaliy- alyuminiyli achchiqtosh, temir (III)- xlorid va hokazo).
Organik kimyoga oid reaktivlardan eng muhimlari etil spirt, sirka kislota, benzol, fenol, formalin, glitserin, glyukoza, kraxmal, nitrobenzol, anilin va boshqalar hisoblanadi.
Kimyoviy reaktivlarni ma’lum tartibda saqlash kerak. Reaktivlarni yaxshi bilish, ularni mohirlik bilan ishlatish va yaxshi saqlash tajribalarning xavfsiz bo’lishini ta’minlaydi.
O’quvchilarning kimyo xonasida ishlash qoidalari
Laboratoriyada konsentrlangan kislotalar, ishqorlar, zaharli moddalar va o’t olib ketish xavfi bor moddalar bo’lganida o’quvchilar bu yerda nihoyatda tartib saqlashlari kerak.
Ba’zan yuz berib qoladigan baxtsiz hodisalar, aslini olganda, laboratoriyada tartib- qoidalarni buzishdan va reaktiv hamda asboblarni noto’g’ri ishlatishdan kelib chiqadi.
Kimyo xonasida tartib- qoidalar aniq va ravshan qilib yozilib, ko’rinarli joyda osib qo’yilishi, birinchi darsdanoq o’quvchilarni bu qoidalar bilan tanishtirish kerak. Qoidalarga aniq rioya qilish xonada qilinadigan ishlarning xavf- xatarsiz bo’lishini ta’minlaydi. Quyida shunday qoidalarning namunasi keltiriladi:

Download 24.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling