Laboratoriya ishi 9: Школьный химический кабинет и его организация Topshiriqlar
Sinfdan tashkari kimyodan ishlashning shakl va turlari
Download 24.28 Kb.
|
Лабораторная работа 9
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari 1. Ishlab chiqilgan rеjani taqdimot qiling. Amaliy mashg’ulot 6 : Maktab kimyo kabineti va uni takomillashtirish
- Kerakli asbob va reaktivlar
Sinfdan tashkari kimyodan ishlashning shakl va turlari
Nazorat savollari 1. Ishlab chiqilgan rеjani taqdimot qiling. Amaliy mashg’ulot 6 : Maktab kimyo kabineti va uni takomillashtirish Darsning maqsadi: Talabalarni maktab kimyo xonasi, maktab kimyo laboratoriya xonasi, kimyo xonasining jihozlanishiga qo’yiladigan talablar bilan tanishtirish, tajriba texnikasi, reaktivlardan foydalanish va ular bilan ishlash qoidalari, laboratoriyada birinchi yordam ko`rsatish choralari yuzasidan tushuncha hosil qilish Kerakli asbob va reaktivlar: maktab kimyo xonasida bo’lishi shart bo’lgan oddiy modda namunalari, oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar namunalari, shtativ, probirka, stakan, pipetka, shpatel, chinni idishhlar, voronkalar, qizdirish asboblari, dorilar saqlanadigan quticha (aptechka), birinchi yordam uchun qo’llaniladigan dori vositalari O’quvchilarga kimyo fanini o’q’itish metodlarini bilib olishlari bilan bir qatorda kimyo fanlaridagi o’qitish metodlarini bilib olishi, kimyo fanlaridagi mavzularni o’qitish metodikasini egallashi, innovatsion va informatsion texnologiyalar asosida dars o’tish metodikasi bilan bir qatorda kimyoviy tajribalar, bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi talab etiladi Umumta`lim maktablaridagi kimyo ta`limi pedagogik jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo`lib, ta`limning umumiy maqsadlariga muvofiq o`quvchi shaxsini tarbiyalashga xizmat qiladi. Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida ta`lim-tarbiya sohasini isloh qilish natijasida to`plangan tajribalar, chiqarilgan bir qator xulosalar asosida amaldagi ta`lim – tarbiya tizimini hozirgi taraqqiyot va kelgusidagi talablar darajasiga ko`tarishga, uni takomillashtirishga jiddiy e`tibor berish zarurligi ta`lim- tarbiyaning uzluksizligini ta`minlashdan kelib chiqadi. Umumta`lim maktablarini kimyo ta`limi standarti, kimyo ta`limi tizimidagi barcha komponentlarni: ta`limning uzluksizligi, tashkiliy shakllari, usullari, vositalari va boshqalarni qayta ko`rib chiqish mezoni hisoblandi. Kimyo ta`limi konsepsiyasiga muvofiq kimyo ta`limining yo`nalishi va maqsadi yosh avlodning kimyo fani asoslarini chuqur egallashi, o`quvchilarning siyosiy- g`oyaviy, estetik, ekologik tarbiyasi, tabiatga va jamiyatga bo`lgan ijobiy munosabat, qadimgi yashab ijod etib o`tgan buyuk mutafakkirlar, keyingi yillarda olimlarimizning kimyo sohasidagi erishgan yutuqlariga oid o`quv materiallari bilan tanishtirib borish orqali Vatanga bo`lgan e`tiqodini shakllantirish, kasbga yo’naltirish kuzda tutiladi. Kimyo ta`lim standarti kimyo o`qitishda o`quvchilarga beriladigan ta`lim va tarbiyaning mazmuni negizini belgilovchi ko`rsatkichlar, shuningdek o`quvchilar tayyorgarlik darajasidagi bilim va amaliy faoliyatlari darajasi me`yorini belgilaydigan me`zon bo`lib hisoblanadi. Umumta`lim maktablarining kimyo ta`lim standarti- kimyo o`quv predmetidan o`quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, o`quvchilar egallaydigan bilim, hosil qiladigan amaliy ko`nikma va malakalar hajmini ko`rsatuvchi me`yor bo`lib, umumta`lim maktabdagi kimyo ta`limi negizini belgilovchi ko`rsatkichlar o`quvchilarning kimyo ta`limidan tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar majmuasidan iborat bo`lgan hujjat tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi. Umumta`lim o`quvchilar oladigan bilimlarining zarur hajmiga asos soladi, o`quvchilardagi tashkilotchilik qobilyat, malakalari va amaliy tajribasini rivojlantiradi. Davlat ta`lim standartlarida kimyo ta`limi sohasida qo`yidagicha standartlar belgilangan: Kimyo ta`lim sohasiga o`quv rejasida VII-IX sinflar uchun 204 o`quv soati ajratilgan. Umumta’lim maktablarida kimyo xonasi alohida ajratilgan bo’lib, u bilan yonma- yon holatda laboratoriya xonachasi va mavjud bo’lishi shart. Chunki kimyoviy moddalar, idishhlar, jihozlar o’quvchilar doimiy darsga kirib- chiqadigan o’quv xonasida saqlanishi ma’lum ma’noda xavfli hisoblanadi. Maktab kimyo xonasida kimyodan laboratoriya tajribalarini, amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratilgan bo’lishi lozim. Shuningdek, maktab kimyo xonasi talab darajasida jihozlangan bo’lishi o’quvchilarda fanga nisbatan bo’lgan qiziqishni ortishiga imkoniyat yaratadi. Xona devorlarida dars jarayonlarida foydalanish mumkin bo’ladigan jihozlar: D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvali, kimyoviy bog’lanish turlari, oddiy va murakkab moddalar, kimyoviy moddalarning eruvchanlik jadvali, valentlik, kimyogar olimlar hayoti va ijodiga oid plakatlar, laboratoriya burchagi talab etiladi. Download 24.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling