Laboratoriya ishi 9: Школьный химический кабинет и его организация Topshiriqlar


O’quvchilarning kimyo xonasida ishlash qoidalari


Download 24.28 Kb.
bet4/4
Sana09.09.2023
Hajmi24.28 Kb.
#1674929
1   2   3   4
Bog'liq
Лабораторная работа 9

O’quvchilarning kimyo xonasida ishlash qoidalari
O’quvchilar quyidagilarga qat'iy rioya qilishlari lozim:
1) Xonadan faqat o’qituvchining ruxsati bilan chiqib ketish;
2) Laborant xonasiga ruxsatsiz kirish uning uchun man qilinganligini unutmaslik;
3) Xonaga kirishda va undan chiqishda stol ustidagi reaktiv va asboblarni qo’pollik qilib tushirib yubormaslik;
4) Xonada hamma vaqt ayni bir ish joyida ishlash;
5) O’z ish joyini toza tutish, stolda tashlandiq narsalarni qoldirmay, ularni yig’ishtirib olish va belgilangan joyga (tufdonga yoki stollarga ataylab qo’yilgan kosachalarga) tashlash, ish tamom bo’lgach idishhlarnn yuvib qo’yish;
6) Ish paytida stolga hech qanday ortiqcha narsalar qo’ymaslik (stolga ish uchun zarur asbob-reaktivlardan tashqari darslik, daftar, masala va mashqlar to’plami va yozuv ashyolari qo’yilishi mumkin);
7) Xona asbob-uskunalarini davlat mulki sifatida ehtiyot qilib saqlash, har bir asbobga moddiy jihatdan javobgarlik his qilish;
8) Xonada hech narsa yemaslik va ichmaslik;
9) Fasat o’qituvchi belgilab bergan tajribalarnigina o’tkazish, bunda tavsiya etilgan ish tartibiga qat'iy rioya qilish;
10) Vodoprovoddan foydalanish qoidalariga rioya qilish (bo’lar- bo’lmasga jo’mrakni ochavermaslik, rakovinani iflos qilmaslik), elektrdan foydalashish qoidalariga amal qilish (elektrdan faqat kerak bo’lgandagina foydalanish);
11) Konsentrlangan kislotalar va ishqor eritmalari bilan, o’tga xavfli va zaharli moddalar bilan ishlash qoidalarini bilib olish va ularga rioya qilish;
12) O’tga qarshi vositalar, aptechka xonaning qayeriga qo’yilganligini bilish va baxtsiz hodisalar ro’y berganda ulardan foydalana bilish lozim.
O’quvchining ish joyi
O’quvchilar ishlaydigan har bir laboratoriya stolida ikkita ish joyi ajratiladi. Har qaysi ish joyida rejada ko’rsatilgan barcha laboratoriya ishlari va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish uchun kerak bo’lgan ashyolar bo’lishi kerak. Jumladan:
1) probirkalar joylashtirilgan shtativ; 2) halqa va qisqichli temir shtativ; 3) spirt lampasi yoki gorelka; 4) asbestlangan sim to’r; 5) chinni kosacha; 6) voronka; 7) 150-200 ml sig’imli kolba; 8) stakan; 9) suv solib qo’yish uchun 500-1000 ml sig’imli kolba; 10) ishlatilib bo’lgan reaktivlarni quyib qo’yish uchun chinni kosacha yoki stakan; 11) quruq chiqindilarni yig’ish uchun chinni kosacha yoki stakan; 12) maktabbop tarozi; 13) tarozi toshlari; 14) 100 ml sig’imli o’lchov silindrlari.
Har bir ish joyiga bulardan tashqari shisha naylar, shisha tayoqchalar, rezina nay bo’laklari va 2-3 ta tiqin va qo’yilgan bo’lishi kerak.
Ba'zi tajribalarni o’tkazishda zarur asboblar ko’tarib yuriladigan alohida yashiklarga solingan ravishda stollar ustiga keltirib qo’yiladi. Bunday yashiklar o’quvchilar stollari soniga qarab tayyor ravishda kimyo xonasida saqlanadi.
Ko’pincha maktablarda har bir stolda bir ish joyi (ikki-uch o’quvchi uchun) ajratib jihozlanadi. Ammo amaliy mashg’ulot va laboratoriya ishlarini har bir o’quvchining o’zi alohida bajarishiga harakat qilmog’imiz kerak.
Nazorat uchun savollar:
1) Maktab kimyo xonasi uchun qanday o’lchov asboblari kerakligini aytib bering.
2) Maxsus shkaflarda (seyflarda) saqlanishi lozim bo’lgan reaktivlarning
nomini ayting.
3) Ishqoriy metallarni, o’t olib ketish xavfi bor moddalarni (misollar keltiring), zaharli va qattiq ta'sir qiladigan moddalarni saqlash haqida qanday qoidalar bor?
4) Bertole tuzini saqlashda qanday qoidalarga rioya qilish lozim?
5) a) shisha tiqinli idishhlarda, b) rezina tiqinli idishhlarda, v) qora shisha idishhlarda saqlanadigan reaktivlarga misollar keltiring.
6) Kimyo xonasida o’tga qarshi vositalardan nimalar bo’lishini aytib bering.
7) Maktab kimyo xonasi aptechkasida qanday moddalar va materiallar bo’lishi kerak?
8) Idishhlarni yuvishning qanday usullarini bilasiz?
9) Kimyo xonasida o’quvchilar rioya qilishi lozim bo’lgan tartib-qoidalarni aytib bering.
10) O’quvchining ish joyi qanday tashkil etiladi?
Download 24.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling