Laboratoriya ishi. Dumalanish podshibniklari konstruksiyasini


Download 201.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi201.07 Kb.
#1607328
  1   2   3
Bog'liq
7-лаборот (1)



6-LABORATORIYA ISHI. 
DUMALANISH PODSHIBNIKLARI KONSTRUKSIYASINI 
O’RGANISH. 
Ishdan maqsad: Dumalanish podshibniklari asosiy turlarining klassifikatsiyasi, 
konstaruktsiyasi va belgilari bilan tanishish.
Dumalanish podshibniklari klassifikatsiyasi. 
Dumalanish podshibniklari ko’yidagi asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha 
klassifikatsiyalanadi. 
- qabul qiladigan yuklanishlar yo’nalishi bo’yicha, 
- dumalaydigan jism shakli bo’yicha, 
- konstruktiv ahamiyatli tomonlari va dumalovchi jismlar qator soni bo’yicha. 
1. Podshibniklar qabul qilinadigan yuklanishning ta’siri yo’nalishi bo’yicha 
qo’yidagi guruhlarga bo’linadi. 
a) radial podshibniklar-faqat radial yuklanishlarni qabul qiluvchi podshibniklar. 
b) tirgak podshibniklar-faqat o’q bo’ylab ta’sir etuvchi hamda radial yuklanishlarni 
qabul qiluvchi podshibniklar. 
c) Tirgak-radial podshibnilklar o’q bo’ylab ta’sir etuvchi hamda radial 
yuklanishlarni aralash qabul qiluvchi podshibniklar. 
2. Dumalovchi jism shakliga qarab sharikli (dumalovchi jism sharik) g’altakli 
(dumalovchi jism g’altak) guruhlarga bo’linadi. 
G’altakli podshibniklarning qo’yidagi turlari xozirgi kunda 
tayyorlanmoqda. 
a) qisqa-silindrik g’altakli 
b) uzun-silindrik g’altakli 
c) o’rama g’altakli podshibniklar 
d) ignasimon galtakli 
e) konussimon g’altakli 
f) sferik yoki sferik konussimon g’altakli 
3. O’zi o’rnasha olish qobiliyatiga ko’ra podshibniklarning ko’yidagi turlari 
mavjud. 
a) o’zi o’rnasha oladigan 
b) o’zi o’rnasha olmaydigan 
4. Dumalanish jismlar joylashish qatorlari soniga ko’ra podshibniklar qo’yidagi 
guruhlarga bo’linadi 
- bir qatorli podshibniklar 
- ikki qatorli podshibniklar, uch qatorli podshibniklar 
- to’rt qatorli podshibniklar
- ko’p qatorli podshibniklar 


Download 201.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling