Laboratoriya ishi. Mavzu: «Oqsillarning sifat reaksiyalari». Ishning maqsadi


NaOH) eritmasidan qo'shing. 7. Aralashmani aralashtiring va ustiga 1-2 tomchi mis (II) sulfat eritmasi ( CuSO


Download 114.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi114.69 Kb.
#1053503
1   2   3
Bog'liq
gaxgkS14grRE6FamUSuoxN6pp2dvuijDOTqERDVS

NaOH)
eritmasidan qo'shing.
7. Aralashmani aralashtiring va ustiga 1-2 tomchi mis (II)
sulfat eritmasi (
CuSO
4
) dan qo'shing.
8. Qizil-binafsha rang paydo bo'ladi, bu peptidlar
mavjudligini ko'rsatadi.


141
Xulosa: 
Biuret reaksiyasi oqsil molekulasidagi peptid bog'larini aniqlash imkonini beradi.
Nazorat savollari: 
Oqsillar deb nimaga aytiladi? 
2-Tajriba. Ksantoprotein reaksiyasi. 
Reaksiya ba’zi aromatik aminokislotalarga (fenilalanin, tirozin, triptofan), shuningdek ularni 
o'z ichiga olgan peptidlarga xosdir. Nitrat kislotasi ta’sirida sariq nitro birikma hosil bo'ladi. 
Bundan tashqari, nitro hosilalari gidroksidi bilan reaksiyaga kirishib, sariq-to'q sariq rangli 
natriy tuzini hosil qilishi mumkin.
10-sinf 6-Laboratoriya ishi.
2-rasm. Ksantoprotein 
reaksiyasi.
1. Probirkaga 5 tomchi tuxum oqsili eritmasini qo'shing.
2. Devorning yuqori qismidan tomizgich yordamida 3-4 
tomchi konsentrlangan nitrat kislota qo'shing.
3. Aralashmani suv hammomi yoki spirtli lampa 
yordamida sekin qizdiring.
4. Sariq cho'kma hosil bo'ladi. Eritma sovib tursin.
5. Buning uchun probirkani bir stakan sovuq suvga bir-
ikki daqiqa botirib oling.
6. Sovugandan so'ng, tomizgich yordamida devor 
bo'ylab probirkaga 30% 
NaOH eritmasidan 10 tomchi 
qo'shing, sariq rang to'q sariq rangga aylanadi.
Xulosa: 
Ksantoprotein reaksiyasi oqsillar tarkibida benzol xalqali 
aminokislotalarni aniqlash imkonini beradi. 
Nazorat savollari: 
Oqsillarni o'rganishning asoschisi kim?
3-Tajriba. Fol reaksiyasi.
Tarkibida Oltingugurt bo'lgan aminokislotalar sistein va sistin qoldiqlarida ishqoriy gidroliz 
paytida oltingugurt ajralib, sulfidlarni hosil qiladi. Sulfidlar qo'rg'oshin asetat bilan o'zaro 
ta’sirlashib, qora yoki jigarrang-qora qo'rg'oshin sulfid cho'kmasini hosil qiladi.
1. Tomizgich yordamida probirkaga 5 tomchi tuxum oqsilini eritmasini soling.
2. Yuqoriga 30% li ishqor eritmasidan 5 tomchi qo'shing.
3. Olingan aralashmani shisha tayoq bilan yaxshilab aralashtiring.
4. Yuqoridagi aralashmaga 2 tomchi qo'rg'oshin asetat eritmasini qo'shing.
5. Olingan aralashmani spirt lampasida sekin qaynatib oling.



Download 114.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling