Laboratoriya ishi mtda yasalgan barqaror tok generatorini tadqiq etish Ishdan maqsad


Download 167.59 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi167.59 Kb.
#1243696

6- LABORATORIYa IShI
MTda yasalgan barqaror tok generatorini tadqiq etish
Ishdan maqsad: Maydoniy tranzistorda yasalgan barqaror tok generatorini tadqiq qilish va parametrlarini o‘lchash.
p–n o‘tish bilan boshqariladigan MT YOKI kanali qurilgan MDYa–tranzistorlar asosidagi kuchaytirgichlar asosan, kirish kaskadlari sifatida qo‘llaniladi. Bu hol MTlarning quyidagi xususiyatlari bilan bog‘liq:
- katta kirish qarshiligiga egaligi yuqori Omli signal manbai bilan moslashtirishni osonlashtiradi;
- shovqin koeffitsiyentining kichikligi kuchsiz signallarni kuchaytirishda afzallik beradi;
- termobarqaror ishchi nuqtada barqarorlik yuqori.
UI sxemada ulangan kuchaytirgich kaskad. n – kanali p–n o‘tish bilan boshqariladigan UI ulangan kuchaytirgich kaskadning prinsipial sxemasi 6.1-rasmda keltirilgan.
Kirish signali manbai UG ajratuvchi kondensator S1 orqali, yuklama qarshiligi RS esa, kaskadning chiqishiga S2 ajratuvchi kondensator yordamida ulangan. Zatvorning umumiy shina bilan galvanik bog‘lanishi RZ≈1 MOm rezistor orqali amalga oshiriladi. Bu galvanik aloqa zatvordagi manfiy siljituvchi kuchlanishni hosil qilish uchun zarur.

6.1-rasm. UI sxemada ulangan kuchaytirgich kaskad.
Bunday tranzistor ishlash prinsipi kanal qarshiligini p–n o‘tishga teskari siljitish berib o‘zgartirishga asoslanadi. n–kanalli tranzistor uchun kuchlanish manbai +EM, zatvorga esa RI dagi manfiy kuchlanish pasayishi beriladi. Bitta kuchlanish manbai ishlatilganda zatvordagi UZI kuchlanishni sokinlik rejimida avtomatik siljituvchi RISI ta’minlaydi. UZI kuchlanish RI qarshilik orqali IS sokinlik toki oqib o‘tishi hisobiga hosil bo‘ladi: UZI = - IS ·RI. Keng dinamik diapazonga ega bo‘lgan kuchaytirgich holatida, ya’ni kirish signali amplitudasi bir necha voltni tashkil etganda, tabiiyki UZI kuchlanishning sokinlik rejimdagi qiymati UZI.BYeRK va UZI.maks (tranzistor pasport ko‘rsatmalari) kuchlanishlar yig‘indisining yarmiga, ya’ni UZI = 0,5(UZI.BYeRK+UZI.maks).
UZI va IS larning sokinlik rejimdagi qiymatlarini stok-zatvor xarakteristikasidan aniqlab, RI ning qiymatini topish qiyin emas.
Ko‘rilayotgan sxemada RI rezistor ikkita vazifani bajaradi. Birinchidan, u sokinlik rejimida ishchi nuqta boshlang‘ich holatini ta’minlaydi va ikkinchidan, unga yuklama toki bo‘yicha (UE ulangan sxemada RE dek) ketma-ket manfiy TAni kiritadi. Bu o‘z navbatida kaskad kuchaytirish koeffitsiyentining kamayishiga olib keladi va sokinlik rejimini temperatura bo‘yicha barqarorlaydi. O‘zgaruvchan tok bo‘yicha manfiy TAni yo‘qotish uchun RI rezistor SI kondensator bilan shuntlanadi.
A rejimda ishlovchi kuchaytirgichlar uchun sokinlik rejimida tranzistorning istoki va stoki orasidagi kuchlanish USI = IS·RS teng qilib olinadi. Bunda EM = USI + IS RS + IS RI ning qiymati USI.maks (pasport ko‘rsatmasi) dan ortmasligi kerak.
Katta signal rejimi uchun kuchaytirgichning statik uzatish xarakteristikalarini uchta paramertlarini IS, UZI, UKSI o‘zaro bog‘lovchi umumlashgan grafik sifatida ifodalash mumkin. VS264D tranzistorli kaskadning parametrlari EM=15V, RS=2,5 kOm bo‘lgandagi umumlashgan garfigi 6.2-rasmda keltirilgan.

6.2-rasm. UI ulangan n – kanali p – n o‘tish bilan boshqariladigan MTning umumlashgan dinamik xarakteristikalari.
Bu yerda A nuqta koordinatalari bir vaqtning o‘zida barcha uchta parametrlar: chiqish toki VAda kirish va chiqish kuchlanishlarini aniqlaydi. Berilgan signal amplitudasi uchun kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyentini topish mumkin.
DK kirish qarshiligini kichik kirish tokiga ega MTlarni qo‘llab VA oshirish mumkin. Bunday sxemalarni yaratishda p–n o‘tish bilan boshqariluvchi MTlar afzal hisoblanadi, chunki ular xarakteristikalarining barqarorligi yuqoriroq.
Kanali p–n o‘tish bilan boshqariladigan n–kanalli MTlar asosidagi DKning an’anaviy sxemasi 6.3-rasmda keltirilgan. Tok belgilovchi BTG VT3 tranzistor bilan RI rezistor asosida hosil qilingan.
RSIL1 va RSIL2 rezistorlar VT1 va VT2 tranzistorlar zatvoriga boshlang‘ich siljitish berish uchun xizmat qiladi. DKning kirish qarshiligi teskari siljitilgan p–n o‘tishning differensial qarshiligidan iborat bo‘ladi va 108 ÷ 1010 Om ni tashkil etadi.
Ba’zan DK kirish qarshiligini oshirish uchun n–kanalli p–n o‘tish bilan boshqariladigan MT va n–p–n tuzilmali BTlardan tashkil topgan tarkibiy tranzistorlardan foydalaniladi. DKlarning barcha ko‘rilgan turlari har xil OKlarning kirish kaskadlari sifatida ishlatiladi.

6.3-rasm. MTlar asosidagi DK sxemasi.

Multisim dasturi asosida yig’ilgan sxema.

Nazorat savollari.


1. Maydoniy tranzistor (MT) deb nimaga aytiladi va nima uchun uni unipolyar tranzistor deb VA atashadi?
2. MTlarning turlarini keltiring.
3. MTning qanday ulanish sxemalarini bilasiz?
4. MT asosiy ish rejimlarini ayting.
5. Elektron kuchaytirgichlar qaysi belgilariga ko‘ra tasniflanadilar?
6. Kuchaytirgichlarning asosiy xarakteristika va parametrlarini aytib bering. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
Download 167.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling