Kislota soni, mg
|
Ruxsat etilgan farqi, mg
|
0,1 gacha
0,1 dan 1,0 gacha
1,0 dan oshiq
|
0,01
0,05
0,1
|
B. Efir sonini aniqlash.
1g tekshiriladigan moddadagi efir guruhini parchalash uchun sarf bo‘lgan kaliy gidroksidining miqdoriga efir soni (e.f) deyiladi. Organik kislotalarni ifodalashda kislota soni qanday muhim bo‘lsa murakkab efirlarni ifodalashda efir soni ham shunchalik ahamiyatga egadir.
Efir soni efirlarni parchalangandan so‘ng ortiqcha kaliy gidroksidini xlorid kislota eritmasi bilan titrlash natijasida aniqlanadi:
7-Laboratoriya ishi
Neft maxsulotlarini ochiq tigelda chaqnash xaroratini aniqlash.
Ishdan maqsad: moddaning efir sonini aniqlash.
Ish bajarish tartibi. Tekshiriladigan modda namunasidan 0,2-0,3 g analitik tarozida 0,0002 g aniqlikda tortiladi va ikkita toza, quruq shlifli konussimon kolbaga solinadi.
Kolbalarga 0,1 M kaliy gidroksidi eritmasidan 25 millilitr, 15 ml etil spirti quyiladi, xar bir kolbaga havo sovutgichni ulanadi va suv xammomida 1 soat qaynatiladi.
Agarda tekshirilayotgan modda tarkibini erkin kislota bo‘lsa, moddani parchalashdan avval neytrallanadi. Neytrallash yuqorida yozilgan kislota sonini aniqlash metodi buyicha olib boriladi. Kolbalarga sovutilgandan so‘ng, reaksiyaga kirishmagan ishqorni 0,1M xlorid kislotasi bilan titrlanadi. Paralel holda boshqa konussimon shaklidagi kolbaga 15ml etil spirti, 25ml 0,1M KOH eritmasidan solinadi va НСl kislotasi bilan titrlanadi.Teskari titrlash natijasida olingan ma’lumotlar asosida efir soni formula yordamida hisoblanadi:
bu еrda: e.s-efir soni, a-tekshirilayotgan modda namunasini titrlash uchun sarf bo‘lgan 0,1 M HCl eritmasining hajmi,
b-modda namunasi solinmagan kolbadagi eritmani titrlash uchun sarf bo‘lgan 0,1 M HCl eritmasining hajmi;
0,0056-1ml 0,1 M HCl eritmasiga ekvivalent bo‘lgan KOH ning gramlar soni;
K-0,1 HCl eritmasini tuzatgich;
d-tekshirilayotgan modda namunasining og‘irligi, g.
Tajriba natijasida tortilgan efir sonini ayni modda uchun hisoblangan adabiyotdagi ma’lumotlar bilan taqoslanadi.
Nazorat savollari
1.Neft tarkibidagi geteroatomli birikmalar.
2.Neft tarkibidagi kislorodli birikmalar.
3.Neftdagi kislotalar.
4.Neftdagi fenollar.
5.Neftdagi efirlar.
6.Neft mahsulotlarini kislota sonini aniqlash.
7.Neft mahsulotlarini kislotaliligini aniqlash.
8.Neft tarkibidagi oltingugurtli birikmalar.
9.Neft tarkibidagi azotli birikmalar.
10.Smolasimon moddalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |