Laboratoriya ishi neftkimyoviy sintez laboratoriyasida texnika xavfsizligi qoidalari
Download 411 Kb.
|
Нефт Yangi qo`llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joriy nazorat savollari
Aniqlash usuli.
Neft mahsuloti benzinni taxlil qilish uchun 0,05dan 0,2gr gacha miqdorda namuna tarozida o`lchab olinishi kerak. Shu jarayonda ishlatiladigan chinnidan tayyorlangan qayiqcha vaznining o`lchab xatoligi 0,0002gr. ortmasligi lozim. Namuna qayiqchaning hamma qismlarida bir xilda tekis taksimlangan bo`lishi kerak, keyin qayiqchaga yaxshi maydalangan qo`shimcha tarzda 900 – 950C da toblantirilgan qum solinadi. Neft koksini yoqish vaqtida bunday qilish kerak emas. Tayyorlangan qayiqchaga kvarsdan tayyorlangan naycha o`rnatilib, pechning oldingi tomoniga o`rnatiladi. Tiqin orqali naychaning ochiq qismini tezda yopib uni vakum – nasosga ulaymiz. Nasos orqali havoni surish tezligi 500ml/min bo`lishi kerak. Qachonki pech temperaturasi 900C ga еtganda yonish boshlanadi. Doimiy tarzda pechdan chikayotgan issiqlik qayiqcha tomon intila boradi. Namunaning to`la yonishi uchun 30 – 40 min. isitish еtarlidir. Shu vaqt o`tgandan keyin pech va vakum – nasos uchirilib, absorber ham ajratiladi. So`ngra 26ml distillangan suv bilan birlashtiruvchi kvars naycha tirsakli qismi yuvilib absorberga solinadi. Bundan so`ng absorberni tarkibini o`yuvchi natriy eritmasi bilan 0,02n. Mikrobyuritka yordamida 8 tomchi aralashgan indikator tomizilib rangi to qizil- binafshadan ko`ng`ir yashil ranga kirguncha titrlaydilar. Xuddi shunday usul orqali neft mahsulotlarida tajribalar o`tkaziladi. Tarkibidagi oltingugurtni quyidagi formula bilan xisoblanadi.(mass.%). V -o`yuvchi natriyning 0,02n teng hajmi, tajriba uchun titrlashga sarflanadigan. V1 -tekshiriladigan tajriba uchun hajm, ml 0,00032 – 2li 0,02n.o`yuvchi natriy eritmasiga teng bo`lgan oltingugurt, gr. G – neft mahsulotining namunasi, gr. Joriy nazorat savollari: Neft va neft maxsulotlari tarkibidagi oltingugurt miqdori qanday aniqlash mumkin? Turli manbalardan olib kelingan neftlarning bir –biridan farkli tomonlarini qanday aniqlash mumkin ? Neft va neft maxsulotlari tarkibidagi oltingugurt miqdorini naychada yondirish uslubi bilan qanday aniqlash mumkin? 4. Neft va neft maxsulotlari tarkibidagi oltingugurt miqdorini naychada yondirish uslubida foydalaniladigan reaktivlar ? Download 411 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling