Laboratoriya ishi neftkimyoviy sintez laboratoriyasida texnika xavfsizligi qoidalari


Download 411 Kb.
bet3/24
Sana07.01.2023
Hajmi411 Kb.
#1083535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Нефт Yangi qo`llanma

Joriy nazorat savollari:

  1. Neft mahsulotlari alangasini o‘chirishda nima uchun uchun suvni qo‘llab bo‘lmaydi?

  2. Laboratoriyada qanday asboblar bilan ishlash mumkin emas?

  3. Gaz bilan to‘ldirilgan ballonlar, gazometrlar va boshqa idishlarni nimadan muxofaza qilish zarur.?

  4. Aralashmalar va uchuvchan zaharli moddalar bilan ishlarni qayerda olib borish kerak.?


2- LABORATORIYA ISHI
Turli manbalardan olib kelingan neftlarning bir –biridan farkli tomonlarini aniqlash. Neft mahsulotining tarkibidagi oltingugurtni aniqlash.
Nazariy kism. Barcha neftlarda turli miqdorda oltingugurt birikmalari uchraydi. Asosiy miqdori neftning yukori molekulyar fraksiyalarda (mazut, gudron, yoglari) uchraydi. Kimyoviy tarkibiga karab bu moddalar asosan neytral birikmalar tipidagi molekulalarning siklik soniga turlicha bo`lgan tiofan va gomologlar tipidagi alifatik va siklik radikallar va geterosiklik birikmalariga aks etadi.
Ayrim neftlarda kam miqdorda erkin xoldagi oltingugurt, vodorod sulfid, еngil molekulali merkaptan va disulfidlar topiladi. Bu narsalar neft maxsulotlari distillyatlarida xam uchraydi. Ular ikkilamchi kelib chikishi extimoliga ega. Vodorod sulfid va merkaptanlar termik bulinishiga karab yukori molekulyarli oltingugurt birikmalarini namoyon kiladi. Ularning oksidlanishi natijasida oltingugurt yig`iladi, disulfidlar esa merkaptanlarning oksidlanishi xisobidan.
Neft va neft maxsulotlari tarkibidagi oltingugurt miqdori analiz qilish yuli bilan aniqlanadi. Bu kursatkich neft xom-ashyosini texnologik xarakterini aniklab beradi. Neft maxsulotlarida oltingugurt nokulay xolatlarni, ya’ni zararli xamda yokimsiz xidlarni olib keladi, benzinnning xossalariga, ya’ni antidetonatsion xususiyatiga salbiy ta’sir kiladi. Metallarni korroziyaga olib keladi va kreking maxsulotlarini smolasimon xolatga utishiga sabab buladi. Bu borada oltingugurtli vodorod juda xam xafli sanalib, undan tashkari past merkaptanlar xamda neft tarkibidagi erkin uglevodord atomlari metallarni juda kuchli еmiradi. Aasosan bu rangli metallar uchun juda xam tez kechadigan jarayondir. Shuning uchun xam bunday moddalarning neft maxsulotlarida mavjud bo`lishi neft maxsulotlarining tarkibiga juda yomon ta’sir kilib, ularning sifatini buzishgacha olib keladi. Kolgan oltingugurt birikmalari esa: Sulfidlar, disulfidlar, tiofanlar, tiofenlar va boshka neytral moddalar korroziyaning paydo bo`lishi uchun ma’lum bir sharoitda uzining ustivorligini kursatadi. Yokilgi yokilganda barcha oltingugurtli birikmalar SO2 va SO3 ga aylanadi.
Past temperaturada, yokilgi yonishida xosil bo`ladigan yoki havo tarkibida mavjud bo`lgan suv buglarining kondensatsiyalanishida, ushbu oksidlarning mos kislotalarga utishi xam kuchli korroziyani vujudga keltiradi. Yonish gazlari tarkibida mavjud bo`lgan SO3 shudring nuktasini oshishiga sababchi buladi. Masalan, oltingugurtli mazutlar yondirilganda tutun gazlarda O3 yigilib kolishi natijasida suv buglarining kondensatsiyalanish temperaturasi 50S gacha kutariladi, xamda odatdagi temperaturada sulfat kislotasiga aylanadi va korroziyani chikaradi. Yokilgi tarkibida oltingugurt kancha kup bo`lsa, u shuncha xaflidir. Shuni inobatga olish kerakki temperatura kutarilishi jarayonida neytral oltingugurt birikmasi vodorodsulfid va merkaptanlarga ajraladi.
Oltingugurtli birikmalarning zararli ta’sirlariga neft maxsulotlariga kuyiladigan texnik talablarga quyidagi kursatkichlar kiritilgan.
Yoqilg`ilarning xamma turlarida, ularning komponentlarida, kerosin, benzin erituvchilarida, ba’zi neft moylari tarkibidagi oltingugurt normallashtiriladi. Tarkibidagi oltingugurt miqdoriga kura birmuncha yukori meyorlar karbyurator va reaktiv yokilgilariga, benzin erituvchilariga kuyilgan (0,02 – 0,1%). Traktor kerosinlari va dizel yokilgilari uchun bu kursatkichning urtacha kiymati (0,2 – 1,0%) ga teng. Oltingugurtning bundan kup miqdori (0,5 – 3,5%) kotel yokilgilariga ruxsat etiladi. Shuning uchun oltingugurtli mazutlarni yondirish ishlayotgan shaxsning tutun gazlaridan zaxarlanmasligi uchun maxsus instruksiyalar yordamida o`tkaziladi. Shuni ta’kidlash kerakki ba’zi maxsus moylar ( transmission, gipoid uzatmalari, uzatmalar kutisi va rulli boshqarish) va sulfofrezol surkovchi- sovutuvchi suyuklikliri uchun oltingugurt miqdorining eng kam miqdori meyorlanadi ( 0,9 – 1,7 % kam bulmagan). Chunki bu neft mahsulotlari tarkibida oltingugurtni bo`lishi ularning moylilik va yopishkoklik xususiyatlarini yaxshilaydi.
Vodorod sulfidning miqdori - sifat sinovi. Reaktiv, dizel va kotel yokilgilari tarkibida vodorod sulfid umuman bulmasligi meyorlangan. Turli navdagi reaktiv yokilgilarda merkaptanli oltingugurt miqdori 0,001 – 0,005 %, dizel yokilgilari uchun 0,01% yukori bulmasligi lozim.
Mis plastinkasi ustida tajriba – erkin oltingugurt va aktiv oltingugurt birikmalarining mis plastinkasiga ta’sirini sifatiy baxolash. Mis plastinkasi korroziyasi ustida utkazilgan tajribalar korbyurator, reaktiv va dizel yokilgilari uchun ijobiydir.


  1. Download 411 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling