Ishning ahamiyati
Barbitur kislota sintez qilishni o‘rganish hamda sikllash jarayonini boshqara olish.
Brutto-formulasi -C4H4N2O3.
Molekulyar formulasi -128,10 g/mol
Reaktivlar:
Malon kislotasining dimetil efiri- 1,07 g
Mochevina -0,40 g
НСl (kons.) kislotasi-1 ml
Metanol -20 ml
Natriy metali -0,016 g
Suv -50ml
Jixozlar:
Kimyoviy o‘lchov kolbalari
Vyurs kolbasi - 250 ml Ajratgich voronka
Libix sovutgichi Suvni haydash qurilmasi
Ish bajarish tartibi:
10 ml metil spirtini kolbaga solamiz
Ustiga 0,016 g Natriy solamiz
Eritmani chayqatib turgan holda 0,92 g malon kislotasining dimetil efirini asta sekin solib aralashtiramiz
10 daqiqa qaynatiladi
Qaynoq eritma ustiga 0,40 g mochevinaning 10 ml metil spirtdagi eritmasi quyiladi
Aralashma teskari muzlatgich bilan jihozlangan priborda 5 soat davomida qaynatiladi
Qaynab turgan eritmani 50 ml suv ustiga quyiladi va 1 ml HCl (kons) solinadi
Dastlab eritma suv bilan aralshadi va birozdan so‘ng barbitur kislotasining kristallari cho‘kmaga tushadi
Kristallar quritiladi va o‘lchanadi
0,74 g (86%) unum bilan mahsulot hosil bo‘ladi
Reaksiya tenglamasi:
5-rasm. Sintez moslamasi.
1 – Qaynash uchun mo’ljallangan kolba; 5 –lovushka; 3 – teskari sovutgich;
4 – elektr qizdirgich; 5 –laboratoriya shtativi.
11- Laboratoriya ishi
Mavzu: Xinozolon sintezi
Ishning asosiy maqsadi
Xinozolon haqida tushunchaga ega bo‘lish, uni sintezlashda asosiy reaksiyalarni, texnologik parametrlarni va jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ko‘rib chiqish, qayta kristallash jarayonini olib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |