Laboratoriya isi №11 Mavzu: monosaxaridlarga xos sifat reaksiyalari


Reaktivlar: a) 0,5% li fruktoza, b) Selivanov reaktivi: 0,05 g rezorsin 100 ml 20% li xlorid kislotadaeritiladi. Ishning borishi


Download 0.79 Mb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1627668
1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-Biokimyo lab

Reaktivlar: a) 0,5% li fruktoza, b) Selivanov reaktivi: 0,05 g rezorsin 100 ml 20% li xlorid kislotadaeritiladi.
Ishning borishi: 1 ml Selivanov reaktiviga 1-2 tomchi fruktoza eritmasidan qo'shiladi va qaynab turgan suv hammomida 1 minut davomida qaynatiladi. Natijada olcharangli qizil rang hosil bo'ladi.
Ketozalar uchun korbazol bilan boradigan reaksiya
Ketozalar uchun xos boigan Selivanov reaksiyasi kabi, bu reaksiya ketozalar uchun spetsifik xarakterga ega.
Reaktivlar: a) 2,2% li fruktoza eritmasi, b) L-sistein xloridning 2,4% li eritmasi, d) karbazolning 0,1% li spirtli eritmasi, e) sulfat kislotaning 75% li eritmasi.
Ishning borishi: 0,1 ml fruktoza eritmasiga 2,4% li sistein eritmasidan va 6 ml 75% li sulfat kislotasidan qo‘shiladi. Aralashma yaxshilab chayqatiladi va tezdan 0,2 ml 0,1% li karbozolning spirtli eritmasidan qo‘shiladi. Bir necha minutdan keyin qizil yoki binafsha rang hosil bo’ladi.
Fruktoza uchun mochevina bilan boradigan reaksiya
Reaktivlar: a) fruktozaning 2% li eritmasi, b) mochevinaning kukuni, d)konsentrlangan xlorid kislota.
Ishning borishi: chinni likopchaga 0,5-1 g mochevina sepiladi va uning ustiga 5-6 tomchi konsentrlangan xlorid kislotadan va 2-3 tomchi fruktoza eritmasidan qo'shiladi. Mochevinani eritish uchun likopcha sekinlik bilan chayqatiladi, keyin qaynab turgan suv hammomiga qo'yiladi. 10-15 minutdan keyin feruza-ko‘k rangli halqa hosil bo‘ladi. Bu reaksiyada aldogeksozalar qizil rang, riboza va boshqa aldopentozalar sariq rang hosil qiladi.
Metallarning qaytarilish reaksiyalari
Monosaxaridlar ishqoriy muhitda og‘ir metall gidroksidlarini, mas., mis-(II)-gidroksidini mis (I)-oksidga, vismut oksidini metall holatigacha, kumush gidroksidni erkin kumushgacha qaytarish xossasiga ega. Bu reaksiyalar monosaxaridlarni sifat va miqdoriy aniqlash uchun ishlatiladi. Bu reaksiya monosaxarid molekulasidagi karbonil gruppasi hisobiga boradi.
Ko‘pgina disaxaridlar ham (maltoza, laktoza, sellobioza) molekulasida bittadan erkin karbonil gruppasi tutgani uchun qaytarish xususiyatiga ega.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling