Trommer reaksiyasi
Glyukoza ishqoriy muhitda mis oksidlarini qaytarilgan holatga o'tkazadi va bunda o‘zi glyukon kislotasigacha oksidlanadi. Glyukozaning kuchli oksidlanishi natijasida qand kislotasi va bir qator birikmalar hosil bo'ladi.
Reaktivlar: a) 1% li glyukoza, b) 1% li natriy ishqori, d) 5% li mis sulfat.
Ishning bajarilishi: 3-4 ml glyukoza eritmasiga 1-2 ml 5% li natriy ishqori va 2-3 tomchi 5% li mis sulfatdan solinadi. Eritma ko‘k rangga bo'yaladi. Probirka past olovda sekinlik bilan qaynaguncha qizdiriladi. Awal sariq cho‘kma (CuOH) hosil bo‘ladi, keyin esa qizil cho'kmaga (Cu2О) aylanadi.
Benedikt reaktivi bilan boradigan reaksiya
Bu reaksiya uglevodlarni ochish uchun qo'llaniladigan eng muhim reaksiya hisoblanadi.
Reaktivlar: a) 1% li glyukoza, b) Benedikt reaktivi.
Ishning bajarilishi: 5 ml Benedikt reaktiviga 7-8 tomchi glyukoza eritmasidan solinadi. Probirka 5 minutcha qaynab turgan suv hammomiga qo‘yiladi, keyin oqib turgan suv ostida sovitiladi. Eritma yashil, sariq, apelsin rangiga yoki qizil rangga kiradi. Keylnchalik yashil-sarg‘ish yoki sariq-qizg‘ish cho'kma tushadi.
Vismut gidratoksidi bilan boradigan reaksiya
(Nilander reaksiyasi)
Glyukoza ishqoriy muhitda vismut gidratoksidini Bi metaligacha yoki uning gidroksidigacha qaytaradi.
Reaktivlar: a) 1-1,5% li glyukoza, b) Nilander reaktivi.
Ishning bajarilishi: 2 ml glyukoza eritmasiga 1 ml Nilander reaktividan solinadi va qaynaguncha qizdiriladi va 1-2 minut qaynatiladi. Probirkadagi suyuqlik avval jigarangga. keyin esa qora rangga bo‘yaladi. Vaqt o‘tishi bilan vismut metali qora rangli cho'kmaga tushadi.
Feling reaktivi bilan boradigan reaksiya
Feling reaktivi segnet tuzining analogi hisoblanadi. Monosaxaridlar Feling reaktivi bilan qaynatilganda, monosaxaridlar uni mis gidroksidigacha qaytarib, glyukon kislotasigacha oksidlanadi.
Reaktivlar: a) glyukoza yoki fruktozaning 1% li eritmasi. b)Feling reaktivi. Bunda 2 ta eritma tayyorlanadi: 1-500 ml hajmli kolbada 34,64 g mis sulfat (CUSO4 .5H2 O) eritiladi va suv bilan o'lchov ko'rsatgichiga yetkaziladi. 2- 200-250 ml suvda 173 g segnet tuzi (COOK.-CHOH-CHOH-COONa.4H2 O) eritiladi. Eritma 500 ml li kolbaga solinadi. Uning ustiga 50 g natriy ishqori eritilgan 100 ml
Do'stlaringiz bilan baham: |