Laboratoriya isi №11 Mavzu: monosaxaridlarga xos sifat reaksiyalari
Download 0.79 Mb.
|
portal.guldu.uz-Biokimyo lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning bajarilishi
- Antron bilan reaksiya
- Fruktozaga xos bolgan Selivanov rcaksiyasi
Laboratoriya isi №11 Mavzu:MONOSAXARIDLARGA XOS SIFAT REAKSIYALARI α - naftol yoki timol bilan boradigan reaksiya Bu reaksiya uglevodlarga xos eng sezgir reaksiya hisoblanadi. Uglevodlar sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishib, furfural va 5- oksimetilfurfuro! hosil qiladi va bu hosil bo'lgan birikma a-naftol yoki timol bilan qo'shiladi, bunda triarilmetan xromogeni va oxirida esa sulfat kislota bilan oksidlangan, bo'yalgan xinoid birikmasi hosil bo'ladi. Reaktivlar: a) 0,5% li glyukoza, b) 1% li timol, d) a -naftolning 0,2% li spirtdagi eritmasi, e) konsentrlangan sulfat kislota. Ishning bajarilishi: 2 ta probirka olib, ulaming har biriga 2 ml dan glyukoza eritmasidan solinadi va 1-probirkaga 3-4 tomchi timoldan, ikkinchisiga esa shuncha miqdorda a -naftoldan solib, yaxshilab chayqatiladi. Shundan so‘ng, har ikkala probirkaga konsentrlangan sulfat kislotadan 1-2 ml probirka devori orqali quyiladi. Birinchi probirkadagi suyuqlik qizil rangga, 2-probirkadagi ;suyuqlik esa binafsha-qizil rangga kiradi. Bu rang ikki qatlam chegarasida yaqqol namoyon bo'ladi. Antron bilan reaksiya Reaksiya davomida sulfat kislota uglevodlar bilan birikib, furfurol, metilfurfurol yoki oksimetilfurfurol hosil qiladi. Bu birikmalar antron bilan kodensatlanib, yashil, havorang yoki ko‘k rang beradi.1 Reaktivlar: a) 0,5% li glyukoza, b) 0,5% li fruktoza, d) Antron reaktivi. Ishning bajarilishi: Probirkaga glyukoza eritniasidan 4-5 tomchi solinadi va unga 2 ml antron reaktividan qo'shiladi. Probirka yaxshilab chayqatiladi va 30 minut xona haroratida qoldiriladi. Shundan so'ng kondensatsiyaning mahsuloti bo'lgan yashil yoki havorang birikma hosil bo‘ladi. Fruktozaga xos bo'lgan Selivanov rcaksiyasi Fruktoza xlorid kislota bilan qaynatilganda oksimetilfurfurol hosil bo‘ladi va bu birikma rezorsin bilan olcharangli qizil rang hosil qiladi. Aldozalar bilan reaksiya juda sekin boradi, shuning uchun Selivanov reaksiyasini ketogeksozalar uchun xos bo'lgan reaksiya deb yuritiladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling