Laboratoriya jumisi 4 Tema: Suwdin` oksidleniwshen`ligin aniqlaw


-Laboratoriya:; Canitariya suyish punktida veterinariya sanitariya tadbirlari


Download 243.88 Kb.
bet13/13
Sana01.04.2023
Hajmi243.88 Kb.
#1314809
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4-Laboratoriya jumisi

10-Laboratoriya:; Canitariya suyish punktida veterinariya sanitariya tadbirlari

Sanitariya so’yish punkti - Bu yerda kasal mollar suyiladi, o’lganlari yoriladi va puchak qilinadi. Bu katta fermalarda va parrandaxonalarda quriladi. Unda 2 bo’lim bo’lib, suyish xonasi 15-20 m2 va 10 m2 lik vaqtincha go’shtni saqlash xonasi bo’ladi. Chiqindi bo’limida 15 m2 lik yorish va 20 m2 puchak qilish xonasi bo’ladi.


O’liklarini zararsizlantirish - yuqumli kasalliklardan o’lgan hayvon o’liklari har xil kasalliklar tarqatuvchi mikroblar manbai hisoblanadi. Shuning uchun o’liklar kuyidagiusullar bilan zararsizlantiriladi. 1. Maxsus qabristonlarda zararsizlantirish - bu qabriston aholi yashaydigan punktlardan 1,5 km uzoklikda, baland joylarga quriladi. 2. Ko’ydirish usuli zooantroponoz kasalliklar uchragan paytda qullaniladi. 3. Chiqindi (util) zavodlarida zararsizlantirish – hayvon o’liklari xo’jaliklardan maxsus avtomashinalarda olib kelinib, zavodda yuqori harorat va bosimda qayta ishlash natijasida ulardan hayvonlar uchun ozuqa - suyak uni, go’sht va suyak uni tayyorlanadi. 4. Bekker quduqlari yoki biotermik usul – bu quduqlar fermadan kamida 2 km uzoqlikda 10-12 m chuqurlikda qilinib, diametri 3 m, devorlari suv o’tkazmaydigan materialdan qilinadi. Usti ikki qatorli qopqoq bilan yopilib, atrofi 2 metrlik devor bilan uraladi.
Dezinfeksiya - kasallik tarqatuvchi mikroblarga qarshi kurash chora tadbirlaridir. Bu profilaktik, majburiy va yakuniy turlarga bo’linadi. Dezinfeksiyadan oldin molxona mexanik tozalanadi. Agar yuqumli kasallik bilan kasallangan mol turgan bo’lsa 10-15 % lik ishqor bilan hullab, keyin ishga kirishiladi. Profilaktik dezinfeksiya ko’z va bahorda o’tkaziladi. Majburiy dezinfeksiya yuqumli kasalliklar tarqalganda har kuni to kasallik yo’qolguncha o’tkaziladi. Yakuniy dezinfeksiya xo’jalikdan karantin olib tashlansa qilinadi. Dezinfeksiya qilish uchun maxsus apparatlar DUK – maxsus mashina bo’lib 1000 l eritma oladi, VMOK – Koryakovning mexanizasiyalashgan vetpurkagichi, dush ustanovkalari va gidropultlar qo’llaniladi. Dezinfeksiya uchun har xil ximiyaviy moddalar ishlatiladi. Virus tarqatuvchi kasallik bo’lsa 3-5 % li KOH va NaOH, formalin spora hosil qiluvchi mikroblarga qarshi, kuydirgi kasalligida 2-5 % li sulfat fenol kislota aralashmasi va mishyak karbol aralashmasi, 5 % li kreolin va tozalangan karbol kislotasi va boshqalar ishlatiladi.
Dezinseksiya – hasharotlarga qarshi kurash choralaridir. Hashoratlarni o’ldirish uchun 1-3 % li xlorofos, neosidol, ektomin, karate va maxsus hid tarqatuvchi malhamlar ishlatiladi.
Deratizasiya – kemiruvchilarga qarshi kurash chora tadbirlaridir. Deratizasiya mexanik, biologik va kimyoviy usullarda o’tkaziladi. Mexanik deratizasiyada qopqonlar qo’llanilsa, biologik usulda faqat kemiruvchilarga xos bo’lgan mikroblar yuqtiriladi. Kimyoviy deratizasiyada esa – baktokumarin, zookumarin kabi maxsus moddalar ishlatiladi.
Nazorat savollari:
1. Veterinariya xizmatining asosiy vazifasini ayting.
2. Veterinariya jihozlarini tushintiring.
3. Sanitariya jihozlarini ayting.
4. Dezobaryerning vazifasi nimadan iborat.
5. Dezinfeksiyaning turlarini ayting.
6. Deratizasiya qanday usullarda o’tkaziladi.

Download 243.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling