Laboratoriya jumislari boyinsha qollanba
Download 1.23 Mb.
|
Электромагнетизм KK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalarga maslahat va ko`rsatmalar.
O’zbekistan Respublikasi xaliq bilimlendiriw ministrligi A’jiniyaz atindag’i no’kis ma’mleketlik pedagogikaliq instituti Fizika-matematika fakulteti «Uliwma fizika» kafedrasi Laboratoriya jumislari boyinsha qollanba. (Elektr ha’m magnetizm) N o’ k i s m a z m u n i
Du’ziwshi: O. Yusupov Talabalarga maslahat va ko`rsatmalar. Elektr va magnetizm haqidagi ta`limot qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi uchun muhim ahamiyatga ega. Ilmiy-texnika taraqqiyotining yutuqlarini qishloq xo`jaligiga joriy qilishda ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va elektrlashtirish yo`nalishlarini birinchi galda amalga oshirish lozim. Lekin bu yo`nalishlarning har qaysisining asosida fizik jarayonlar va nizamlar yotadi. Hozirgi kunda qishloq xo`jaligi texnika vositalari bilan ta`minlanishi darajasi bo`yicha sanoat korxonalaridan qolishmaydi. Shuning uchun qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi sohasida muvaffaqiyatli ishlash uchun oddiy ishchidan tortib yuqori malakali agronomlargacha, qishloq xo`jaligi texnikasi va texnologiyasini, ayniqsa o`zi ishlayotgan tarmoqdagi intensiv texnologiya yo`nalishlarini, elektr o`lchov asboblarini va umuman elektrik qurilmalar bilan muomala qila bilishi, undan to`g`ri foydalanishi, qishloq xo`jaligini elektrlashtirish haqida puxta bilimlarga ega bo`lishlarn kerak. Shuning uchun ham bo`l`usi mutaxassislar "Elektr va magnetizm" bo`limidan qo`yilgan laboratoriya ishlarini qunt bilan bajarishlari kerak bo`ladi. Oliy maktabni isloh qilish yo`nalishlarida talabalarning mustaqil tayyorgarligini oshirish ta`kidlanadi. Fizikadan laboratoriya ishlarini bajarish talabalarning fizik nizamlarni chuqurroq o`rganishiga, o`lchov asboblari bilan ishlash malakasini oshirishiga, o`zlashtirilgan nazariy bilimlarini ongli ravishda amalda qo`llashga yordam beradi. Talabalar laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida fizik nizamlarning ob`ektivligini o`zlari tekshirib ishonch hosil qiladilar. Mazkur bo`limdan laboratoriya ishlarini bajarish ma`ruzalar jarayonida o`tilmagan, ammo amaliy ahamiyatga ega bo`lgan materiallarni o`rganish, talabalarni elektr va magnit kattaliklarni o`lchashning asosiy usullari, shuningdek eng sodda elektr zanjirlari bilan ishlash malakasini hosil qilishni nazarda tutadi. Fizikadan laboratoriya mashg`uloti vaqtida "Elektr va magnetizm" bo`limidan talaba muayyan ishni bajarishdan oldin ishning mazmuni bilan tanishishi, kerakli asboblarni tanlashi va o`rganishi, olingan ishda berilgan printsipial sxemaga binoan elektr zanjirini tuzish qoidalarini puxta bilishlari talab etiladi. Printsipial sxema bo`yicha elektr zanjirini tuzishda quyidagi qoydalarga rioya qilish zarur: 1. Talaba har qaysi ishda berilgan sxema bo`yicha elektr zanjirini tuzishni mustaqil bajarishlari shart. 2. Elektr zanjiriga oid sxemani yig`ishni tok manbaining biror qutbidan boshlab, oxirini boshqa qutbi bilan tugatish lozim. O`qituvchi tuzilgan elektr zanjirini tekshirmaguncha talaba o`zining tuzgan zanjirini tok manbaiga ulashga ruxsat etilmaydi. Ishni bajargandan so`ng zanjirni yig`ishtirib qo`yishda dastlab mazkur zlektr zanjirini tok manbaidan uzish kerak. 3. Elektr sxemani tuzish ulash simlari yordamida amalga oshiriladi. Bu simlar butun va izolyatsiyasi shikastlanmagan hamda oxirgi uchlari yaxshilab tozalangan bo`lishi lozim. 4. Zanjirning barcha qismlaridagi ulash joylarida kontaktlar zich bo`lishi lozim. Ulash simlarining buralib qolishiga yo`l qo`ymaslik kerak. 5. Mazkur ishda o`lchashlarni boshlashdan oldin reostatlarni maksimal qarshilikka qo`yiladi. Zanjirni uzishda kalitlar uzuq holda bo`lishi ta`minlanadi. 6. Zanjirni tok manbaidan uzishda simdan ushlab tortib ajratmasdan, balki vilkadan ushlab tortish kerak. 7. Zanjirni ochiq (izolyatsiyasi yo`q) simlar bilan tok manbaiga ulash mutlaqo ta`qiqlanadi. 8. Talabalar o`zlari tuzgan zanjirni o`zgaruvchan yoki o`zgarmas tok manbaining qaysi biriga ulash kerakligini juda yaxshi bilishlari kerak. Laboratoriya mashg`uloti vaqtida elektr zanjirlari bilan ishlashda xavfsizlik texnikasining qoidalariga rioya qilish zarur. Elektr qurilmalari bilan ehtiyotsizlikda ishlagan shaxslar jiddiy shikastlanishi mumkin. Elektr kundalik turmushda va mehnat faoliyatimizda yaxshi yordamchidir, ammo u bilan noto``ri yoki mensimay munosabatda bo`lsak, hayot uchun xavfli bo`lib qoladi. Organizmdan o`tgan tok kuchi, qo`yilgan kuchlanishga va inson badanining tok o`tayotgan qismi qarshiligiga bog`liq, qarshilikning o`zi esa o`z navbatida terining holatiga bog`liq. Masalan, toza yoki iflos, quruq yoki ho`l qo`llarning qarshiligi ham har xil bo`ladi. Biz odatda elektrik o`lchashlarda 50 Gts chastotali o`zgaruvchan tokdan foydalanamiz. Uning xavfsiz deb qaraladigan eng katta qiymati 10 mA ga teng. Agar 50 mA tok o`tayotgan ochiq simga qo`l tegsa, uni shikastlangan kishining o`zi ajratib ololmaydi. Laboratoriyalarda 10 V dan oshiq bo`lmagan kuchlanishni xavfsiz deb qarash mumkin. Yuqoridagilardan ko`rinadiki, elektr zanjirlari bilan ishlashda talabalar ehtiyot bo`lishlari shart va quyidagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari kerak: 1. O`qituvchining ruxsatini olmasdan kalit va rubil`niklarni ulash mumkin emas. 2. Zanjir bilan ish boshlashdan oldin sxemada kuchlanishning yo`qligiga ishonch hosil qilish kerak. 3. Elektr sxemasi bilan ishlashda qo`llar doimo quruq holda bo`lishi shart. 4. Zanjir kuchlanishda bo`lganda sxemaning qismlarini o`zgartirish yoki o`tkazgichlarni o`zgartirib ulash mutlaqo man etiladi. 5. Sxemani tuzishda klemmalar, ochiq simlarning ulangan joyi va ba`zan zanjirning ayrim qismlari izolyatsiyalanmagan bo`lishi mumkin. Ochiq simlarga va klemmalarga qo`l tekkizish mumkin emas. 6. Sxemani o`zgartirish lozim bo`lsa, uni dastlab tok manbaidan uzib qo`yib, keyin bajarish kerak. 7. Elektr zanjiridan tok o`tib turganida, uni nazoratsiz qoldirish mumkin emas. 8. 220 V kuchlanishli elektr zanjirlarida o`lchash ishlari o`qituvchi ishtirokida bajariladi. 9. Zanjirda o`ramlari ko`p g`altaklar yoki kondensatorlar hamda tok transformatorlari bo`lganida juda ham ehtiyot bo`lish kerak. Ketma-ket ulangan induktivlik `altagi va kondensatordan tashkil topgan o`zgaruvchan tok zan-jirlari bilan ishlashda ayniqsa ehtiyot bo`lish lozim, chunki ba`zi hollarda zanjirdagi kuchlanish manba kuchlanishidan oshib ketishi mumkin. 10. Laboratoriya jumisini bajarayotganda o`lchov asboblari ishlamay qolganda, ayrim asboblarning qizishi yoki tutun hidi sezilganda yoki o`lchov asbobining strelkasi shkaladan chiqib ketganda zanjir darhol tok manbaidan uziladi. Har bir talaba asboblarni ishlatayotganda biror kamchiligini yoki xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilganini sezsa, darrov o`qituvchini xabardor qilishi kerak. Har qaysi Laboratoriya jumisini bajarishda kuzatish va o`lchash natijalari alohida daftarga yozib boriladi. So`ngra har bir mavjud bo`lgan asosiy formulaga kiruvchi kattaliklarning o`lchangan son qiymatlarini qo`yib hisoblashni bajaradilar. O`lchash va hisoblash natijalarini o`qituvchi tekshirib, mazkur Laboratoriya jumisining to``ri bajarilganligini tasdiqlaganidan va ish bo`yicha xisobot topshirilganidan keyingina boshqa ishni bajarishga o`tish mumkin. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling