45-rasm. Misning elektrokimyoviy ekvivalentini niqlashga doir elektr zanjiri.
|
Ishnn bajarish tartibi. 1. Katod sifatida ishlatishga mo`ljallangan mis plastinkani qumli qo`oz bilan yaxshilab tozalanadi, yuviladi va quritiladi. So`ngra bu plastinkani dempferli analitik tarozida tortib massasi m1 aniqlanadi. 2. 45-rasmdagi sxema bo`yicha elektr zanjiri tuzilib, massasi aniqlangan plastinkani manbaining manfiy qutbiga ulanadi.
|
3. Tajriba boshlangan vaqtni yozib, kalit bilan elektr zanjnr ulanadi va reostat yordamida tok kuchini 1A ga keltiriladi.
Zanjirdan 10 minut davomida tok o`tkaziladi. Tajriba vaqtida tok kuchi o`zgarmas bo`lishi kuzatib boriladi. Agar tok kuchi o`zgarsa reostat yordamida uni yana avvalgi qiymatiga keltiriladi.
4. 10 minutdan keyin zanjirni uziladi. Eritmadan katod plastinkani chiqarib olib quritiladi, so`ngra massasi m2 ni dempferli tarozida aniqlanadi. U holda katodda ajralib chiqqan mis massasi mm2-m1 ga teng bo`lib qoladi. Tajribada topilgan I,t va m larning qiymatlarini (161) formulaga qo`yib k ning qiymati hisoblanadi.
5. Tajriba yana takrorlanadi. Ikkinchi tajribada m2 plastinka (katod) ning boshlan`ich massasi tarzida qabul qilinadi. Tok kuchi 1,5 A ga moslanadi va elektrolitdan 15 minut tok o`tkaziladi. Bu galgi tajribadan ham k ning qiymati hisoblanadi. Uchinchi tajribada ham katodda ajralgan modda massasini yuqoridagiga o`xshash aniqlanadi.
Eslatma. O`qituvchining taklifiga ko`ra tok kuchining boshqa qiymatlarini ham olish mumkin. Ammo tok kuchini 2A dan oshirish tavsiya qilinmaydi.
O`lchash va hisoblash natijalari 34-jadvalga yoziladi.
34-jadval.
Misning elektrokimyoviy ekvivalentini aniqlawda o`lchash
va hisoblash natijalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |