Laboratoriya mashg’ulot. – ish. Monosaxaridlarga xos sifat reaksiyalar. Kerakli asbob va reaktivlar


Download 58.69 Kb.
bet2/6
Sana22.10.2023
Hajmi58.69 Kb.
#1715980
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 – Laboratoriya mashg’ulot. 1 – ish. Monosaxaridlarga xos sifat-fayllar.org

Ishning bajarilishi. Probirkaga 1 ml riboza yoki tekshiriluvchi eritma quyilib, unga teng hajmda Orsin reaktividan qo’shiladi. Aralashma qaynayotgan suv hammomida 20 minut qizdiriladi. Agar tekshirilayotgan suyuqlikda pentoza yoki uning hosilasi bo’lsa, probirkadagi eritma yashil rangga kiradi.
4-tajriba. Dezoksiribozani difenilamin yordamida aniqlash. 2 – dezoksipentozaga aromatikamin (difenilamin) qo’shib asta – sekin qizdirilsa, ko’k rangli kompleks birikma hosil bo’ladi. Bu reaksiya yordamida DNK molekulasidagi dezoksiribozani ham aniqlash mumkin.

Ishning bajarilishi. 1 ml dezoksiriboza yoki DNK eritmasiga 2 ml difenilamin eritmasi qo’shiladi, so’ngra 10 minut qaynatiladi. Bu vaqtda reaksion aralashma barqaror ko’k rangga kiradi.
2 – ish. Lipidlarga xos rangli reaksiya. Yog’larni erishi va emulssiya qilishi
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, shtativ, spirt lampa yoki gaz (gorelkasi, filtrqog’oz, etilspirt, aseton, efir, petroleyefiri, dixloretan, xloroform, benzol, benzin, uglerod (IV)-sulfid, kaliygidrosulfat kristali, kumushgidroksidining ammiakli eritmasi bilan namlangan filtr qog’oz, fuksinsulfat kislota eritmasi bilan namlangan filtr qog’oz, paxta, kungaboqar moyi, margarin, qo’y va mol yog’i.
1- t a j r i b a. Yog’larning eruvchanligini aniqlash.

Ishning bajarilishi. 20 ta probirka olib, ularni 2 gruppaga bo’lib, nomerlanadi. Har ikkala gruppadagi probirkalarga navbati bilan 2 ml dan suv, spirt, aseton, efir, petroleyefiri, dixloretan, xloroform, benzol, benzin va uglerodsulfide quyiladi. Birinchi gruppadagi probirkalarning hammasiga bir necha tomchi paxta yoki boshqa o’simlik moyi, ikkinchi gruppadagi probirkalarga no’xat kattaligida mol yog’I solib, normal temperaturada eruvchanligi kuzatiladi, so’ng suv hammomida qizdirib ko’riladi. Kuzatish natijalari yozib qo’yiladi.
2-t a j r i b a. Yog’lardagi gliseringa xos reaksiya.

Tabiiy yog’lar tarkibida ma’lum miqdorda erkin gliserin bo’ladi, uni aniqlash uchun ma’lum miqdorda yog’ yoki moy olib, suv tortib oluvchi modda kaliybisul­fat ishtirokida qizdirilsa, o’tkir hidli akrilaldegid akrolein ajraladi:



Akrolein ajralganini aldegidga xos reaksiyalar yordamida aniqlash mumkin.

Lipoidlar tarkibida erkin glitserin bo’lmaydi, shu sababli ular akrolein reaksiyasini bermaydi.


Download 58.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling