Laboratoriya mashg`uloti №6 Aromatik uglevodorodlarga xos reaktsiyalar
Download 326.03 Kb.
|
6-laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Natriy benzoatdan benzol olish.
Benzoy kislotadan benzol olish. Benzoy kislotani dekarboksillash (ishqor qo’shibqizdirish yo’li bilan karboksil gruppadan karbonat angidrid ajratib chiqarish) orqali ancha toza benzol olish mumkin.
Hovonchada 5 g benzoy kislota bilan 10 g natron ohakni maydalab aralashtiring. Aralashmani probirkaga soling va uning og’zini uzun gaz o’tkazish nayi o’rnatilgan probka bilan berkiting. Probirkani shtativ qisqichiga o’rnating va gaz o’tkazish nayining pastki uchini muz bilan sovitiladigan ozgina suvi bor yig’gich-probirkaga tushiring. Quruq aralashmali probirka dastlab ehtiyotlik bilan pastroq alangada, so’ngra esa qattiq, qizdiriladi. Aralashma butunlay qoraygach, qizdirishni to’xtating. Yig’gichdagi haydalgan suyuqlik ikki qatlamga ajraladi. Yuqorigi qavat (benzol) odatda kristallanadi, Bu kristallar gaz o’tkazish nayining teshigini berkitib qo’ymasin. Yig’gichdagi suyuqlikning yuqori qavati ajratgich voronka yordamida ajratib olinadi. Ungabir necha bo’lak kalsiy xlorid solib quriting va haydang. Benzol 79-80° C da to’liq haydaladi va 2 - 2,5 g ni tashkil etadi: C6H5COOH C6H6 + CO2 benzoy kislota Natriy benzoatdan benzol olish. Karbon kislotalarning kaliyli yoki natriyli tuzlarini ishqor qo’shib qizdirish yo’li bilan parchalash uglevodorod olishning umumiy usullaridan biri hisoblanadi. Shu usuldan foydalanib, natriy benzoatdan benzol olish mumkin. Quruq probirkaga 1 massa qism natriy benzoat va 2 massa qism natron ohakdan iborat aralashma soling. Probirkani shtativ halqasiga gorizontal holatda o’rnating va uning og’zini gaz o’tkazish nayi o’rnatilgan probka bilan berkiting. Gaz o’tkazish nayining pastki uchini muz bilan sovitiladigan suvli probirkaga tushiring. Aralashma solingan probirkani gaz gorelkasi alangasida qizdiring. Benzolni yig’gich (probirka) ga haydalishi uchun, avval, probirkaning yuqori qismini, so’ngra aralashmani qizdiring. Reaksiya natijasida hosil bo’lgan benzol yig’gichdagi suv yuzasida mayda moysimon tomchilar holida to’planadi. Benzolni unga xos hididan bilish mumkin. C6H5COONa + NaOH C6H6 + Na2CO3 natriy benzoat Download 326.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling