Laboratoriya mashg’uloti laboratoriya ishi №2 Mavzu: Zamonaviy informatika xonasini jixozlash, texnika xavfsizlikligi talablari. Ishning maqsadi


Kompyuter sinfida texnika xavfsizligi qoidalari quyidagilardan iborat


Download 206.96 Kb.
bet3/4
Sana08.03.2023
Hajmi206.96 Kb.
#1251095
1   2   3   4
Bog'liq
02-laboratoriya ishi

Kompyuter sinfida texnika xavfsizligi qoidalari quyidagilardan iborat:
1. Kompyuter va uning qurilmalari 220 V kuchlanishli manbalar bilan ishlaydi. Tok kuchi esa 0,025 A – 0,1 A oralig’ida bo’ladi. Bu esa inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Amalda 127 V, 220 V va 380 V manbalardan foydalanganda, foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qilish zarur.
2. Kompyuter xonasi 10-15 tagacha shaxsiy kompyuter va 1 ta o’qituvchi uchun mo’ljallangan shaxsiy kompyuterdan tashkil topgan bo’ladi. Har bir shaxsiy kompyuterdan o’qituvchi ruxsati bilan foydalanish tavsiya etiladi.
3. Kompyuter xonasiga ustki kiyimda kirish mumkin emas. Kompyuter bilan ishlaganda maxsus ish kiyimidan foydalanish tavsiya etiladi.
4. Kompyuter va uning qurilmalarini elektr tarmog’iga ruxsatsiz ulash yoki o’chirish mumkin emas.
5. Kompyuterni ruxsatsiz boshqa qo’shimcha qurilmalarga ulash ta’qiqlanadi.
6. O’qituvchining ruxsatisiz xonada yurish va gaplashish mumkin emas.
7. Monitor va boshqa qurilmalarning tugmachalari hamda murvatlarini so’roqsiz bosish yoki burash mumkin emas.
8. Monitorga qo’l tekkizish va boshqa qurilmalarning ulash joylariga, ochiq holda turgan elektr tarmoq manbalariga tegish ta’qiqlanadi.
Kompyuterni ishga tushirish va unda ishni yakunlash tartibi quyidagicha:
Ishga tushirish tartibi:

  • Kompyuter elektr tarmog’iga stabilizator yordamida ulansa, stabilizator elektr tarmog’iga ulanadi.

  • Kerak bo’lgan qo’shimcha qurilmalar (printer, modem, skaner ...) elektr tarmog’iga ulanadi.

  • Tizimli blok tugmachasi (Power) bosilib protsessor qurilmasi ishga tushiriladi.

  • Monitor elektr tarmog’iga ulanadi.

  • Avtomatik ishga tushuvchi operatsion tizim dasturi ishga tushgancha kutib turiladi va kompyuter bilan muloqotga kirishiladi.

Ishni yakunlash tartibi:

  • Bajarilayotgan amaliy dasturdan chiqish va barcha dasturlarning ishini tugatish.

  • Tashqi doimiy xotira qurilmalaridan foydalanilgan bo’lsa, ularni kompyuterdan ajratish.

  • Foydalanilgan qo’shimcha qurilmalar (printer, modem, skaner ...) ni elektr tarmog’idan ajratish.

  • Operatsion tizimning kompyuterni o’chirish buyrug’i (Zaverhenie raboto’Vo’klyuchit kompyuter...) orqali amalga oshiriladi.

  • Monitorni elektr tarmog’idan ajratish.

  • Tizimli blok tugmachasi (Power) orqali protsessor qurilmasi elektr tarmog’idan ajratiladi.

  • Stabilizator o’chiriladi va uni elektr tarmog’idan ajratiladi.


Download 206.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling