Laboratoriya mashg’uloti laboratoriya ishi №2 Mavzu: Zamonaviy informatika xonasini jixozlash, texnika xavfsizlikligi talablari. Ishning maqsadi


Download 206.96 Kb.
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi206.96 Kb.
#1251095
1   2   3   4
Bog'liq
02-laboratoriya ishi

Informatika xonasini jihozlash:

  • ta’limda yakka muloqotni amalga oshirish, kompyuterda mustaqil ish va mashqlarni tashkil etish uchun vazifalar;

  • ilmiy va uslubiy adabiyotlar to’plami;

  • kompyuter uchun o’quvchilar tomonidan tuzilgan eng yaxshi dasturlar to’plami;

  • o’quvchilar uchun jurnal;

  • ish joyida O’XTKdan foydalanish jurnallari;

  • mashinalar ishlamay qolishi va remonti jurnallari;

  • o’t o’chirish vositalari.

  • o’quv jihozilari xonasida mavjud hisob uchun invertar daftari.

O’quvchi va o’qituvchi ish joylarini jihozlash asosan shaxsiy kompyuter bo’lgan o’quvchini ish joyi va o’qituvchini ish joylari HT xonasi negizini tashkil etadi.
O’qituvchining ish joyi o’z ichiga monitor, sistemali blok, klaviatura, bosmaga chiqarish uskunalari va boshqa qo’shimcha uskunalarni (multimediya, skaner va boshqalar) oladi.
O’quvchilarning ish joylari tarkibiga faqat kompyuterning asosiy elementlari (klaviatura, sistemali blok, monitor) kiradi.
O’quvchilarning ish joyining informatika xonasidagi tartibiy o’quvchining bemolol kirishishini va o’qituvchining dars vaqtida har bir o’quvchi oldiga kela olishini ta’minlash kerak.
Informatika xonasida kompyuter bilan ish joylarining uch variantda bo’lishi mumkin:

  • perimetrial,

  • qatorlar,

  • markaziy.

Texnika xavfsizlikligi talablari
Kompyuter sinfining ish faoliyatini xona mudiri olib boradi. Kompyuter sinfida oliy ma’lumotli, amaliy matematika, muxandis-dasturchi, matematika va informatika mutaxassisligiga ega bo’lgan xodimlar yoki oliy ma’lumotli har qanday mutaxassislar, o’rta maxsus va tugallanmagan oliy ma’lumotli mutaxassislar faqat «Kompyuter operatori» sertifikatiga ega bo’lgan malakali mutaxassislar xona mudiri bo’lib ishlashlari mumkin.
Kompyuter sinfida quyidagi ko’rgazmali vositalar bo’lishi lozim:

  • Texnika xavfsizligi qoidalari;

  • Kompyuterni ishga tayyorlash tartibi;

  • Kompyuterda ishni yakunlash tartibi;

  • Kompyuter qurilmalari haqida ma’lumotlar;

  • Ko’p muloqot qilinadigan dasturlarning ishchi oynasi ko’rinishlari.


Download 206.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling