Laboratoriya mashg’ulotlari


-rasm. IRF-454 refraktometrining optik sxemasi


Download 0.81 Mb.
bet21/41
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1579029
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Bog'liq
M

10-rasm. IRF-454 refraktometrining optik sxemasi.


1-o‘lchash prizmasining yassi ko‘zguli qopqog‘i; 2-o‘lchash prizmasi; 3-yorituvchi prizma; 4-buruvchi ko’zgu; 5-sindirish ko‘rsatgichlarining shkalasi; 6-kompensatorni prizmalari; 7 -ko‘rish trubasining ob’ektivi; 8-krestli setka; 9-okulyar; 10-qaytaruvchi prizma; 11-ko'zgu; 12-hisob qurilmasining ob’ektivi; 13-shkalani yorituvchi ko’zgu; 14
-yorug‘lik filtri; 15-qaytaruvchi prizma; 16-himoya shisha

IRF-454 refraktometrida sindirish ko’rsatgichini o’lchash uchun istalgan yorug’lik (monoxromatik va monoxromatik bo’lmagan) manbaidan foydalanish mumkin. Oq, ya’ni monoxromatik bo'lmagan yorug’lik manbayidan foydalanganda ko’rish maydonida ko’rinadigan ajralish chegarasi dispersiya tufayli rangdor bo’ladi. Bu rangdorlikni yo'qotish yoki kompensatsiya qilish uchun asbobni optikaviy qismiga o’lchash prizmasi bilan optik truba ob’ektivi orasiga sistemaning optik o’qi atrofida o’zaro qarama-qarshi yo’nalishda aylana oladigan, ikkita to’g’ri ko’rish prizmasidan iborat bo’lgan kompensator o’rnatiladi. Asbobning o‘ng tomonidagi dasta kompensator prizmalarining ajralish chegarasidagi ranglilikni butunlay yo‘qotishga xizmat qiladi. Shu tariqa prizmalar o‘zgaruvchan dispersiyali optikaviy sistema hosil qiladi.


Asbobning optik chizmasi 10-rasmda ko‘rsatilgan.Manbaning yorug’ligi 3 yoritish prizmasiga tushadi va tekshirilayotgan suyuqlikning yupqa qatlamidan hamda 2 o’lchash prizmasidan o‘tib 16 himoya shisha, 4 yassi ko‘zgu va 6 kompensator orqali 7 ob’ektivga tushadi, keyin kesishgan chiziqli 8 plastinka va 9 okulardan o‘tib kuzatuvchining ko‘ziga tushadi. Sindirish ko‘rsatgichining shkalasi 15 va ko‘rish maydonini rangli qilib ko‘rsatadigan yorug’lik filtri 14, 13 ko‘zgu yordamida yoritiladi. (Bu ko‘zgu asbobning chap yonida joylashgan va 11-rasmda 9 raqami bilan ko‘rsatilgan). Shkaladan va yorug’lik filtridan o‘tgan yoruglik hisoblash qismining 12 ob’ektiviga tushadi, keyin 11 ko‘zgu va 10 buruvchi prizma orqali o‘tib ko‘rish maydonining pastki qismiga shkalaning tasvirini tushiradi.
Shunday qilib, okularda yorug’lik soyasi, chiziqlarning kesishish nuqtasi va vizirli shkala bir vaqtda ko‘rinadi. Hosil boladigan yorug’lik soyasining chegarasi 2 olchash prizmasidan iβ chegaraviy r burchak ostida chiqayotgan nur bilan belgilanadi. Shkaladan sindirish ko‘rsatgichining 1,2 dan 1,7 gacha bolgan qiymatlari 1∙10-4 aniqlik bilan hisoblab topiladi. Sindirish ko‘rsatgichining o‘nli ulushlari chamalab topiladi, uni topishdagi aniqlik 2∙10-4 ga teng bo‘ladi.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling