Laboratoriya mashg’ulotlari


Download 0.81 Mb.
bet23/41
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1579029
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Bog'liq
M

Laboratoriya ishi.


Refraktometr yordamida suvli eritmadagi glitserin konsentratsiyasini

aniqlash





  1. tajriba. Sindirish ko’rsatgichini o’lchab eritmaning konsentratsiyasini

aniqlash


Ikki komponentli sistemalar (eritmalar) uchun chizilgan sindirish ko’rsatgichi bilan aralashmaning tarkibi orasidagi bog’lanishni ifodalovchi grafiklar turli xil shaklga ega bo’lishi mumkin. Ularning shakli ikki omilga ya’ni, eritmadagi komponentlarning tabiati va ular orasidagi o’zaro ta’sirga hamda eritmaning tarkibini ifodalash usuliga bog’liq.
Ikkinchi faktor ya’ni, eritmaning tarkibini ifodalash usuli grafikning shakliga katta ta’sir ko’rsatadi. Ideal eritmalarda (hajmi va komponentlarning qutblanuvchanligi o’zgarmaydigan) agar eritmaning konsentratsiyasi hajmning ulushlarida ifodalangan bo’lsa sindirish ko’rsatgichining konsentratsiyaga bog’liqligini ifodalovchi egrilik to’g’ri chiziqqa yaqin bo’ladi.
n = n1V1+ n2V2
yoki
n = n2 + ( n1 - n2)V1
Bu yerda, n, n1 va n2 - mos ravishda eritmaning va tegishli komponentlarning sindirish ko’rsatgichlari, V1 va V2 - komponentlaming eritmadagi hajmiy ulushlari.
V1 + V2 = V = 1
Kimyoviy birikma hosil qilmaydigan normal sistemalarda n(V) izoterma chiziqlarning egriligi asosan komponentlar aralashtirilganda hajmning o’zgarishi bilan aniqlanadi. Bunday sistemalarning hajmi kamayganda, odatda additivlikdan musbat chetlanish, ko’payganda esa manfiy chetlanish kuzatiladi.
Doimiy hajmdagi gaz aralashmalari uchun sindirish ko’rsatgichining additivligi juda yuqori aniqlikda bajariladi (to 2∙10-8) va bu hol refraktometrik usullar bilan gazlarni analiz qilishda ishonchli asos bo’lib xizmat qiladi. Eritmalarda butun konsentratsiya oralig’ida n bilan V orasidagi chiziqli bog’lanish yuqori aniqlikda kam kuzatiladi. Shuning uchun, additivlik qoidasi normal va bir xil tipdagi birikmalardan iborat eritmalarning konsentratsiyasini aniqlash uchun ishlatiladi. Xususan, suyultirilgan eritmalarni refraktometrik analiz qilish uchun:
n = n0 + kC
formuladan keng foydalaniladi.
Bu erda, n - eritmaning, no - erituvchining sindirish ko’rsatgichlari, C-eritmaning konsentratsiyasi, k - sindirish ko’rsatgichining inkrementi deb ataluvchi empirik koeffitsiyent.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling