Laboratoriya mashg’ulotlari


-rasm. a) Kоlоnkali хrоmatоgrafiya usulida mоddalarning ajralishi


Download 0.81 Mb.
bet26/41
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1579029
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
M

12-rasm. a) Kоlоnkali хrоmatоgrafiya usulida mоddalarning ajralishi.


b) Qоg`оz хrоmatоgrafiyasi
Amaliyotda ko`pincha harakatsiz fazalar ko`pligi sababli gaz-suyuqlik хrоmatоgrafiyasi keng ishlatiladi. GSХda namunaning kоmpоnentlarga ajralishi harakatlanuvchi gaz faza va harakatsiz suyuq fazalar оrasida ko`p takrоrlanuvchi jarayon natijasida yuzaga keladi. Kоmpоnentlarning harakatlanish tezligi ularning uchuvchanligiga va harakatsiz suyuq fazada erish хususiyatiga bоg`liq. Suyuq fazada eruvchanligi kam va yuqоri uchuvchanlikka ega kоmpоnent berilgan temperaturada kоlоnkada tezrоq harakatlanadi va aksincha, uchuvchanligi kam va eruvchanligi yuqоri kоmpоnent sekin harakatlanadi. Harakatchanlik qanchalik katta bo`lsa, mоddaning kоlоnkada ushlanish vaqti shunchalik kam bo`ladi.


    1. Gaz xromatografiyasi asbobining tuzilishi ва ishlash prinsipi.


Hozirgi paytda eng muhim xromatografiya usullari gaz-qattiq modda xromatografiyasi, gaz-adsorbsiya xromatografiya (GAX, bunda qо‘zg‘almas faza sifatida qattiq adsorbent ishlatiladi) va gaz-suyuqlik xromatografiyasi hisoblanadi (GSX, bunda qattiq sorbent donachalari yuzasidagi suyuqlik pardasi qо‘zg‘almas faza bо‘ladi).


Gaz xromatografiyasida tekshiriluvchi aralashmaning tarkibiy qismlari (komponentlari) gaz faza bilan qattiq yoki suyuq fazalar orasida taqsimlanadi. Gaz xromatografiyasida harakatchan fazani gaz yoki bug‘ tashkil qiladi.
Gaz xromatografiyasini о‘tkazishda ma’lum haroratgacha qizdirilgan tashuvchi gaz oqimiga tahlil qilinadigan namuna kiritiladi. Namuna tarkibidagi moddalar tashuvchi gaz oqimida bug‘lanib, termostatlangan, qо‘zg‘almas fazali (adsorbentli) kolonkaga kiradi. Kolonkadagi adsorbentda gazsimon moddalar aralashmasining kо‘p marta takrorlanuvchi adsorbsiya va desorbsiya (yoki suyuqlik pardasida erish va ajralib chiqish) jarayonlari sodir bо‘ladi. Bunda murakkab aralashmaning tarkibiy qismlarga ajratilishi tekshiriluvchi moddalarning fazalar orasida taqsimlanish koeffitsiyenti yoki
adsorbsiyalanish koeffitsiyenti bilan aniqlanadi. Kolonkadan chiqishda aralashma alohida moddalarga ajralib, gaz oqimi bilan birga detektorga kiradi. Har qanday gaz xromatografik kolonka (13- rasm) aralashma komponentlarini ajratilgandan keyin tutib qoluvchi moslamalardan iborat bо‘ladi.
Tashuvchi gaz ballondan reduktor orqali beriladi. Uning sarfi maxsus sarf о‘lchagich-rotamerlar yordamida aniqlanadi. Gazni namlik va boshqa aralashmalardan tozalash uchun kalsiy xlorid yoki silikagel tо‘ldirilgan shisha idish yoki U-simon naydan foydalaniladi. Ular dozatordan oldin joylashtiriladi. Namuna xromatografga maxsus dozatorlarda о‘lchab kiritiladi. Laboratoriya amaliyotida bu maqsadda maxsus shprislardan foydalaniladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling