Laboratoriya mashg’ulotlari


- rasm . Yuqoriga siljuvchi qog‘oz taqsimlanish xromatografiyasi yordamida aminokislotalarni ajratish


Download 0.81 Mb.
bet34/41
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1579029
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Bog'liq
M

17- rasm . Yuqoriga siljuvchi qog‘oz taqsimlanish xromatografiyasi yordamida aminokislotalarni ajratish


Ishni bajarish tartibi. 10 sm uzunlikdagi xromatografik qog‘oz bo’lagining pastki qismidan 1—1,5 sm masofada grafit qalam bilan start chizigi o‘tkaziladi va unda bir nechta nuqta belgilanadi. Birinchi nuqtaga tekshirilayotgan a-aminokislo-talar aralashmasining eritmasi, ikkinchi nuqtaga esa ma’lum aminokislotalar leysin (Rf -0,5), triptofan (Rf -0,4), treonin (Rf -0,15), lizin (Rf -0,1) aralashmasi eritmasi (guvoh) va qolgan nuqtalarga alohida aminokislotalar eritmalaridan shisha kapillyar yordamida bir necha tomchidan tomiziladi.
Tomchi dog’lari diametri 2 mm dan katta, nuqtalar oralig’i esa 4—5 mm dan kam bolmasligi kerak. Tomizilgan eritma qog‘ozda qurigach, balandligi 10—20 sm li sklyanka yoki menzurkaga 1—2 ml butanol-sirka kislota-suv (4:1:5) -sistemasining organik fazasidan quyib, qog‘ozni idish yoki menzurka devorlariga tegmaydigan, tomizilgan dog‘lar sistemadan yuqorida turadigan qilib, joylashtirib og‘zi zich yopiladi (17-rasm). Erituvchi qog‘ozning yuqorigi chetiga ko‘tarilgach, pinset yordamida xromatogramma olinadi va oldin havoda, keyin elektrolit ustida quritiladi.
Quritilgan xromatogramma ningidrinning atsetondagi eritmasiga 1 sek. davo-mida tushiriladi, so‘ngra oldin havoda, keyin plitka ustida quritiladi. Bunda a-amino- kislotalarning dog’lari binafsha rangga bo‘yaladi. Ularning Rf qiymatlarini aniqlab, guvohlar bilan solishtiriladi va identifikatsiya qilinadi.


2-tajriba. Aminokislotalarni qog`oz xromatografiyasi yordamida ajratish


Asbob va reaktivlar: Eni 1,5 sm, uzunligi 12-15 sm bo`lgan filtr qog`oz, ip, qora grafit qalam, kapillyar yoki mikropipetka, diametri 2-2,65 sm, uzunligi 18-20 sm li probirka, pipetkalar, termostat, quritgich shkaf, pulverizator, diametri 12 sm li filtr qog`oz, o`lchov probirkasi, filtr qog`oz, qaychi, pinset, lineyka, Petri kosachasi, glyutamin kislota, alanin, leysin, to`yingan fenol yoki butanol eritmasi, o`simlik yoki hayvon to`qimasidan ajratib olingan ekstrakt.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling