Laboratoriya mash’ulotlari tеxnikasi bilan tanishtirish Mashg'ulot shakli: «Biologiya»
Download 67.16 Kb.
|
Amaliy m 2
Fototrof bakteriyalarga sianobakteriyalar, to’q qizil va yashil bakteriyalar kiradi.
Xemotrof bakteriyalarga esa grammusbat, grammanfiy bakteriyalar, batsillalar, miksobakteriyalar, vibrionlar, spirillalar, spiroxetalar, aktinomitsetlar, korinebakteriyalar, mikobakteriyalar, rikketsiyalar, xlamidiyalar, mikoplazma va spiroplazmalar kiradi. O'simliklar. Ular sodda va murakkab tuzilgan o’simliklarga bo’linadi. Sodda tuzilgan o’simliklar organ va to’qimalarga differentsiallanmaydi. Ular asosan suvda xayot kechiradi. Murakkab tuzilgan o’simliklar esa organ, to’qimalarga ajraladi. Bugungi kunda xalq xo’jaligining turli sohalarida o’simliklarning minglab turlaridan foydalanilib kelinmoqda. O’simliklarga xos bo’lgan xususiyatlar -fotosintez, tanasida sellyulozaning mavjudligi, kraxmal biosintezi. Suv o’tlarining 100 mingga yaqin turi mavjud.Ularning barchasi xlorofill, ksantofill, karotinoid va fikobilinlar xisobiga pigmentlangan. Suv o’tlari-polisaxaridlar va boshqa biologik faol moddalar manbai. Ular vegetativ, jinsiy, jinssiz yo’l bilan ko’payadi. Turli davlatlarda laminariya (dengiz karami) ishlab chiqariladi. Agar-agar, alginatlar xam suv o’tlaridan olinadi. Murakkab o’simliklarning 30 mingga yaqin turi bor. Ular differentsiallanadigan ko’p hujayrali, erda o’sadigan organizmlardir.Jinsiy va jinssiz yo’l bilan ko’payadi. O’simliklar to’qimalari bajaradigan funktsiyasiga ko’ra: qoplovchi yangi hujayra hosil qiladigan yoki meristem (yunoncha meristos-bo’linadigan) o’tkazuvchi asosiy sekretor (ajratuvchi) Ushbu to’qimalar orasida faqat meristem to’qimalargina bo’linish xossasiga ega. Boshqa to’qimalar meristem to’qimalardan hosil bo’ladi. Meristem to’qimalarning bu xususiyati biotexnologik jarayonda qo’llash mumkin bo’lgan hujayralarni olishda juda muhim. O ’simlikning butun hayoti davomida rivojlanishning embrional bosqichida rivojlanishdan to’xtagan meristem hujayralar-initsial va rivojlanishda davom etib o’simlikning turli to’qimalarini hosil qilgan hujayralar-oxirgi hujayralar deyiladi. Meristemalar apikal (lotincha apex-tepa qismi, cho’qqisi), lateral (lotincha lateralis-yon tomondagi, yonboshdagi), interkalyar (lotincha intercalaris-oraliqdagi) turlarga farqlanadi. 2-rasm. O’simlik meristemalari: 1-apikal, 2-lateral, 3-interkalyar Birinchi marta 1902-yil G.Xaberlandt o’simlik hujayralarini o’stirishga urinib ko’rdi. O’tgan asrning o’rtalaridan boshlab ko’pgina davlatlar o’simliklarning, xususan, meva va sabzavotlarning organ, to’qimalarini o’stira boshladilar.G.Xaberlandt ilk marotaba o’simliklarning t o t i p o t e n t l i g i haqidagi gipotezani olg'a surdi. Totipotentlik-o’simlik somatik (somatik-ko'p hujayrali organizmlarning ko'payishda ishtirok etmaydigan hujayralari) hujayralarining to’liq rivojlanib yaxlit, bir butun o’simlik hosil qila olish xususiyati. Istalgan o’simlik turidan tegishli sharoitlarda bo’linadigan hujayralar massasini olsa bo’ladi. Bunday hujayralar massasi kallus (lotincha callus-qadoq) deyiladi. Kallus to’qimalari orqali o’simliklarni sanoat miqyosida yirik masshtablarda ishlab chiqarish mumkin. Shuningdek bir turga mansub o’simlik kallus to’qimasini bir necha marotaba ishlatish mumkin. Bioob'ektlar orasida o’simlik hujayralarining protoplastlari xam muhim o’rinni egallaydi. O’simlik hujayralari protoplastlarini olish usullari bakteriya va zamburug'lar protoplastlarini olish usullariga o’xshash. Hayvonlar. Hayvonlar ham o’simliklar kabi sodda va murakkab tuzilganlarga farqlanadi. Sodda tuzilganlar (Protozoa) bir hujayrali, mikroskopik hayvonlardir. Ular tabiatda keng tarqalgan, ba'zilari xatto inson tanasida xam yashaydi. Hujayrasining tuzilishi yirik hayvonlar hujayrasiga o’xshaydi. Ularda ham barcha strukturaviy elementlar ya'ni hujayra organoidlari bor. Oziqlanish tipiga ko’ra geterotroflardir. In vitro usulida sodda hayvonlarni o’stirish juda qiyin. «Krutsin» preparati-ana shu murakkab jarayonlar mahsuli. XX asrning boshlarida R.Garrison va A.Karrel hayvon to’qimalarini in vitro usulida o’stirish mumkinligini ya'ni to’qimadan ajratilgan hujayrani ozuqa muhitida ham yashay olishini aniqladilar. Hayvon hujayralari bilan ishlash qiyin bo’lishiga qaramay, ular yordamida o’ziga xos mahsulotlar olish mumkin. Masalan, monoklonal antitelolar, transgen hayvonlar. Biotexnologik jarayonlarni o’tkazish uchun bioob'ektlar quyidagi o’ta muhim parametrlarga ega bo’lishi lozim: tozalik hujayralarning ko’payish tezligi va virus zarrachalarining reproduktsiyasi biomolekula yoki biosistemalarning faolligi va barqarorligi Download 67.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling