Laboratoriya mavzu: ionlashuvchi nurlanishlar, radiatsiya


-ko‘chma-olib yuriladigan


Download 150.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana13.11.2023
Hajmi150.11 Kb.
#1769453
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5-radiatsiya — копия

-ko‘chma-olib yuriladigan-guruh dozimetrik va radiatsion-texnologik nazorat 
uchun. Ular atrof-muhit obyektlarida, er yuzini gamma kartalashtirishda, bino va 
inshootlarni ifloslanishi, mashina va mexanizmlarda radioaktiv ifloslanganlikni 
o‘lchash uchun ishlab chiqarilgan. Ko‘chma dozimetrlar – SRP-68-01, KID-2, 
dozimetr komplektlari DP-24, DK- 0,2 va boshqalar. 
Odam tanasi qabul qilib olgan nurlanish dozasi grey birligi bilan o‘lchanadi. 
Qisqartmasi – Gr. Uni massa birligi gramm bilan adashtirmasligingizni so‘raymiz. 
Tanaga singigan bir grey nurlanishning qancha zarar yetkazishini esa zivert birligida 
belgilanadi. Qisqartmasi – Zv. Uni nurlanishning ekvivalent dozasi birligi ham 
deyiladi. Beta va gamma-nurlanishlar uchun koeffitsiyent 1 ga teng, ya’ni 1 grey = 
1 zivert. Alfa-nurlanish koeffitsiyenti esa 20 zivertga teng.
Endi qiyosiy misollar keltiramiz. 10 grey nurlanish yutgan odam tanasi yaqin 
5–12 kun ichida 100 foiz ehtimol bilan o‘limga yuz tutadi. Bunda o‘tkir nurlanish 
kasalligi kelib chiqadi. Shuncha tanasiga nurlanish singdirgan odamda bir necha soat 


ichida qattiq chanqash, qayt qilish, ich ketishi va bosh og‘rishi singari simptomlar 
paydo bo‘ladi. Bemor komaga tushib qolishi ham mumkin. Juda yuqori dozalarda 
esa teri qizarib, qattiq qichiydi va yaralar paydo bo‘ladi. Chernobilda 35 kishi 5 
greydan yuqori nurlanish dozasi qabul qilgan. Nurlanish kasalligi esa 0,7 greydan 
yuqori doza yutilgandayoq namoyon bo‘ladi. 
Nurlanishning ruxsat etilgan dozalari Tabiiy nurlanish manbalaridan 
radioaktiv nurlanishning ruxsat etilgan darajasi, boshqacha aytganda, tabiiy 
radioaktiv fon me’yoriy hujjatlarga muvofiq ketma-ket besh yil davomida 0,57 
mkSv/soatdan yuqori bo‘lmasligi mumkin.Keyingi yillarda fon nurlanishi 0,12 
mkSv/soatdan oshmasligi kerak barcha texnogen manbalardan olinadigan maksimal 
ruxsat etilgan umumiy yillik doz 1 mSv/yilni tashkil etadi.1 mSv/yil qiymati jami 
insonlarga texnogen nurlanish ta'sirining barcha epizodlarini o‘z ichiga olishi kerak. 
Bunga barcha turdagi tibbiy ko‘riklar va protseduralar, jumladan, fluorografi, tish 
rentgenogrammasi va boshqalar kiradi.

Download 150.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling