Yechish: №407-To‘plamini, “Yuklarning alfavit ro‘yxati” [10] dan yoki “ЕТСНГ-Alf.” faylidan “Рельсы металлические новые р-75” ni ЕТСНГ bo‘yicha kodini qidirib topamiz va yozib olamiz.
Ko‘rsatma: “ЕТСНГ-Alf.” faylidan yuklarni kodini qidrib topish uchun “YTIB lab. el.” papkasidagi “ЕТСНГ-Alf.” fayli ochiladi, so‘ngra Ctrl va F tugmachalari baravariga bosiladi. Monitorda “Найти и заминит” darchasi ochiladi. Darcha “Найти” holatiga keltiriladi va uning qatoriga qidirilayotgan yukning nomi xato qilmasdan yoziladi, so‘ngra darchaning “Найти далее” tugmasi sichqoncha chap tugmachasi yordamida bosiladi.
“Рельсы металлические новые р-75” 32-guruh, 103-pozitsiyadagi yuklarga mansub bo‘lib, mazkur pozitsiyadagi yuk nomeri 03.
Прейскурант 10-01 [10] ning V bo‘limi yoki “ЕТСНГ НПУП” faylidan “Рельсы металлические новые р-75” ning pozitsiya nomeri – 103 bo‘yicha, Yuklarning reja va ortishni hisobga olish nomenklaturasi bo‘yicha qaysi nomenklatura guruhiga mansub ekanligini va shifrini aniqlaymiz.
Yuklarning reja va ortishni hisobga olish nomenklaturasi bo‘yicha “Рельсы металлические новые р-75” “РЕЛЬСЫ” nomenklatura guruhiga mansub.
“Рельсы металлические новые р-75” kodi nazorat sonini tekshirish uchun, uning kodini birinchi beshta raqami 32103 ni 1 2 3 4 5 vazn qatoriga ko‘paytiramiz:
3 2 1 0 3
×
1 2 3 4 5
0 4 3 0 15
Ko‘paytma natijalarini jamlaymiz va yig‘indini 11 ga bo‘lamiz, ya’ni, 0+ 4 + 3 + 0 + 15 = 25; 25 : 11 = 2 (3). Bo‘lishdan keyingi qoldiq 3 kodning nazorat soni hisoblanadi. Yukning halaqitdan himoyalash kodi 321033 bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |