Laboratoriyalar to`plami
-misol: “Чай байховый черный ”ning nazorat sonini
Download 1.68 Mb.
|
16-variant (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 18 16 45 Ko‘paytma natijalarini jamlaymiz va yig‘indini 11
- yukni tarif guruhi va tarif guruhidagi yuk pozitsiyasini nomeri
- 3.3-misol
3.2-misol: “Чай байховый черный ”ning nazorat sonini tekshirish.
Yechish: №407-To‘plami, yuklarning alfavit ro‘yxati [10] dan yoki “ЕТСНГ-Alf.” faylidan “Чай байховый черный ”ni ЕТСНГ bo‘yicha kodini qidirib topamiz va yozib olamiz. “Чай байховый черный ” – 516499; “Чай байховый черный ” kodining nazorat sonini hisoblash uchun, kodni birinchi beshta raqami 51649 ni 1 2 3 4 5 vazn qatoriga ko‘paytiramiz: 5 1 6 4 9 × 1 2 3 4 5 5 2 18 16 45 Ko‘paytma natijalarini jamlaymiz va yig‘indini 11 ga bo‘lamiz, ya’ni 5 + 2 + 18 + 16 + 45 = 86; 86 : 11 = 7 (9). Bo‘lishdan keyingi qoldiq 9 kodni nazorat soni hisoblanadi. Yukning halaqitdan himoyalash kodi 516499 bo‘ladi. Temir yo‘l taransportida yuklarning kodi juda ko‘p holatlarda foydalaniladi: yuk oluvchilarga yuklarni tushirishga yetib kelishi haqida xabar berishda, poezdlarni aslicha varoqlarini to‘ldirishda, yuklarni rejalashtirishda, ortish va tushirish ishlarini hisobga olishda va h.k. ЕТСНГ kodining yukni tarif guruhi va tarif guruhidagi yuk pozitsiyasini nomeri (birinchi uchta raqam) bo‘yicha universal vagonlarga yuklashning tonnalardagi minimal vazn normasi (minimalnaya vesovaya norma, quyida MVN deb yuritiladi) aniqlanadi. Universal vagonlarga yuklashning tonnalardagi minimal vazn normasi Прейскурант 10-01 [7] jadvallarida keltirilgan. Jadvalning 1 grafasida 5 ta raqamli kodlar ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ular kerakli tariflarni aniqlash va kira haqlarini hisoblashni avtomatlashtirish uchun xizmat qiladi. Kodning birinchi ikkita raqami tarif guruhini tartib nomerini bildiradi va har doim uchta nol bilan tugaydi (01000, 02000, ... , 15000, ...., 30000, ...., 69000 va h.k.). Kodning uchinchi raqami tegishli tarif guruhidagi pozitsiya nomerini bildiradi va har doim ikkita nol bilan tugaydi (01100, 02100, ...., 15100, ...., 30100, .... , 69100 va h.k.) Jadvalning 2-grafasida tarif guruhi va pozitsiyalari bo‘yicha yuklarni nomlari keltirilgan (yuklarning aniq nomlari emas). Jadvalning 3-grafasida esa temir yo‘lining universal (oddiy) vagonlar umumiy parkiga ham hamda xususiy va ijaraga olingan universal (oddiy) vagonlarga tonnalardagi minimal vazn normasi keltirilgan. Agar vagondagi yukni vazni MVN dan kam yoki teng bo‘lsa, tashish kira haqi universal vagonlarga shu MVN uchun undiriladi. Vagondagi yuklarni vazni MVN dan ziyod bo‘lgan holatlarda tashish kira haqlari, vagondagi yukni haqiqiy vazniga undiriladi. Agarda MVN “г/п” (ya’niy vagonning yuk ko‘tarishiga teng) deb ko‘rsatilgan bo‘lsa kira haqlari vagondagi yukni vazni uchun hisoblanadi, ammo vagonning tonnadagi yuk ko‘tarishidan kamiga emas. Tonnalardagi minimal vazn normasi temir yo‘lining universal (oddiy) vagonlar umumiy parkiga ham hamda xususiy va ijaraga olingan universal (oddiy) vagonlarga ham birday. 3.3-misol: “Кукурузы” ni ЕТСНГ kodi bo‘yicha minimal vazn normasi (MVN) aniqlansin va tahlil qilinsin. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling