Lafziy san’atlar
Download 25.4 Kb.
|
Lafziy san’atlar
Lafziy san’atlar Reja 1.Lafziy (shaklga oid) san’atlar 2. Lafziy san’atlar she’riy nutqdagi so’zning tovushi bilan bog’liqligi 3. Ma’naviy –lafziy san’atlar. Ma’lumki, lafziy san’atlar she’riy nutqdagi so’zning tovushi bilan bog’liq, ko’proq shakl hodisasi sifatida qo’llanadi.Bobur ruboiylarida lafziy san’atlar g’oyatda rang-barangdir.
Badiiy (she’riy) san’atlar Sharq mumtoz adabiyotining, shu jumladan, o’zbek adabiyotining o’ziga xosligi, milliyligi, latofati, nazokati, rango-rangligi, jozibadorligi, va ta’sirchanligini ifodalovchi vositadir. Badiiy sa’natlar uch guruhga bo’linadi: Ma’naviy (ma’noga tegishli) san’atlar. Lafziy (shaklga oid) san’atlar. Nido - shoir baytda biror kishi, narsa, qush, hayvonlar, tabiat hodisalariga murojaat yoki xitob qilishidir. Misol: Ey gul, borib ahbobg’a nomimdan degil! Har kim meni bilsa, bu payomimni degil! Mendin demagil gar unitilgan bo’lsam, Har kimki meni so’rsa, salomimni degil! Bu she’rda shoir gulga murojaat qilmoqda. Ey, qo’rg’on eli, qoldimu darmonlaringiz? Chiqmay nedurur bu jahl qilg’onlaringiz? Jondek kishilar ochligidin chun chiqadur, Siz chiqmasangiz- chiqsa kerak jonlaringiz! Ruboiyda nido san’ati qo’llangan Shoir qo’rg’on eliga murojaat qilmoqda. Ishtiqoq- bir o’zakdan hosil bo’lgan ma’nodosh so’zlarni muayyan g’oyaviy-badiiy maqsadda ishlatish san’atidir. Ishtiqoqni qo’llashning sharti so’zlar bir o’zakdan bo’lishi shart: Yor yuzumni ko’rib dardu g’amim bo’lsa kerak, Yuz ko’rib dardu g’amim chorasini qilsa kerak. Baytdagi “yuz”, “yuzumni” so’zlari ishtiqoqni vujudga keltirmoqda. Misollar: Ey, kim, manga mujda berding ul jonondin, Qilding, meni ozod g’ami hijrondin. Bu mujdani ne nav sifat qilg’aymen, Go’yoki xabar berding o’likka jondin. Bu ruboiydagi “jonon”, “jon” so’zlari o’zakdoshdir. Qaytarish san’ati bir so’zni misraning boshi va oxirida takrorlanishidir. Misol: Yoz bo’ldiyu bo’ldi yana jannat kibi yoz, Xush kishikim aysh ila o’tgay yozi. Birinchi misrada qo’llangan “yoz” so’zi misraning boshi va oxirida, ikkinchi misra oxirida ham qo’llangan. Download 25.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling