Yordamchi moddalar dori turining turg’unligini ta’minlashi kerak.
Masalan: suspenziyalar va emulsiyalar ishlab chiqarishda, albatta, yordamchi modda sifatida emulgatorlar qo’shilishi kerak, agar qo’shilmasa dori turi turg’un bo’lmay qoladi. Ko’z tomchilari, ineksion dori shakllarini ishlab chiqarishda albatta konservant yoki stabilizator qo’shib tayyorlanishi zarur, aks holda dori turi sifatsiz va noturg’un bo’ladi.
Yordamchi moddalarning - dorining biologik faolligiga ta’siri.
Biofarmatsevtik tadqiqotlar asosida yordamchi moddalar turlari va ularning xossalari dorining biologik faolligiga ta’siri borligi isbotlangan. Yaqin kunlarga kadar, yordamchi moddalar, doriga shakl beruvchi indenferent modda hisoblanar edi. Yordamchi moddalarga dorilarga shakl berishda, iste’mol uchun qulay bo’lganog’irlikka keltirishda, saqlashda, tashishda qulaylik yaratish uchun ko’llaniladigan moddalar deb qaralar edi. So’nggi yillardagi kashfiyotlar, yordamchi moddalarning preparatni biologik ta’siridagi ahamiyati katta ekanligini ko’rsatdi. Biofarmatsiya nuqtai nazaridan yordamchi moddalar indifferent emas, degan xulosaga kelindi. Ular u yoki bu holatda, dori preparatining faolligiga ta’sir etadi. Yordamchi moddalar dori preparatining ta’sirini kuchaytirishi yoki biror sabab bilan ta’sir xarakterini xam uzaytirishi mumkin (kompleks birikmalar hosil kilish, molekulalararo reaksiya ketishi va h/k).
Yordamchi moddalarni ishlatishdan maqsad: texnologik parametrlardan tashqari, dori moddaning so’rilishiga yordam berish va dori moddaning ta’siriga sharoit yaratib berishdan iborat.
Biofarmatsevtik nazariyaga kadar bo’lgan karashlarda, masalan sut qandi indeferent hisoblanar edi. Keyingi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, sut qandi ayrim moddalarning so’rilishini kuchaytiradi (tarkibida testosteron bo’lgan implantatsion tabletkalarda) va aksincha dori preparati so’rilishini susaytirishi mumkin(izoniazid). Agar natriy salitsilatdan dori shakli tayyorlanganda yordamchi modda sifatida metilsellyuloza yoki qand ishlatilsa, uning organizmga so’rilishi qiyinlashadi va bu moddaning miqdori qancha ko’p bo’lsa, so’rilishi shuncha kiyinlashadi. Agar metilsellyuloza o’rniga pektin ishlatilsa, uning (natriy salitsilat) so’rilishi keskin ko’payadi.
Shuning uchun yordamchi moddalar umuman emas, har bir alohida holatda ko’llanilishi kerak. Asossiz ravishda yordamchi moddalarni qo’shish, birini ikkinchisi bilan almashtirish — ta’sir kuchining pasayishiga, ayrim hollarda dori preparatning umuman ta’siri yo’qolishiga olib kelishi mumkin.
Yordamchi moddalarning dori preparati ta’siriga daxldorligi ayniqsa, surtma va shamcha dori shakllari kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |