Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash
Download 323.45 Kb.
|
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..
Dimetilsulfoksid. 200C haroratda 70% gacha suv tortish qobiliyatiga ega bo‘lib, kam zaharli hisoblanadi. Itlarga vena orqali yuborilganda qisqa vaqt qon bosimning pasayishi, quyonlarda yurak qon tomirining notekis urishi kuzatilgan.
Sulfolan. Issiqqa chidamli, kam zaharli va ko‘p moddalarni eritish hususiyatiga ega bo‘lganligi uchun in’eksiya eritmalarini tayyorlashda ko‘p ishlatiladi. O‘simlik moylari Moylar glitserinni har xil yuqori molekulali yog‘ kislotalari bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. In’eksiya uchun ishlatiladigan moylar yangi yig‘ilgan meva mag‘izlaridan sovuq usulda siqib olinadi. Ular tiniq, oson qo‘zg‘aluvchan, saqlanish vaqtida cho‘kma hosil qilmaydigan, stearin fraksiyasidan va suv yuqidan tozalangan bo‘lishi, kislota soni 2,5 dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bizda in’eksion eritmalar tayyorlash uchun bodom, o‘rik va zaytun moylaridan foydalanishga ruxsat etilgan. Xalqaro farmakopeya talabiga binoan in’eksiya uchun ishlatiladigan moylarni kislota soni 0,4-0,2; yod soni 79-128; sovunlanish soni 185-200 bo‘lishi kerak. Ular tarkibida mineral yog‘lar saqlamasligi, xona haroratida qotib qolmasligi, tarkibi esa barqaror bo‘lishi kerak. Horijiy mamlakatlarda oksidlanish jarayonini sekinlashtiradigan sezamin va sezamolin fermentlari saqlagan kunjut moyi nisbatan ko‘p ishlatiladi. Ko‘pchilik dori moddalarini moylarda yomon erishi, moyli eritma in’eksiyasini og‘riq berishi, moylarni oson oksidlanishi ularni keng miqyosda ishlatishga imkon bermaydi. Dori moddalarning moyda eruvchanligini yaxshilash maqsadida benzil-benzoat, polietilenglikol, benzil spirti, izopropil miristat kabi yordamchi erituvchilardan foydalaniladi. Sanoatda shaftoli, o‘rik, bodom, zaytun va soya moylari yordamida dezoksikortikosteron atsetat, dietilstilbestrol propionat, krizanol, kamfora, sinestrol, progesteron, testosteron, retinol atsetat, tokoferol atsetat, follikulin, xlorofillipt, estradion benzoat kabi dori vositalari ishlab chiqariladi. Etiloleat. Bu etil spirtini olein kislotasi bilan hosil qilgan murakkab efiri bo‘lib, och sariq rangli, moysimon, neytral muhitli suyuqlik, havoda oksidlanmaydi, termik sterilizatsiyaga yaxshi chidaydi, suv bilan aralashmaydi, spirt va moylar bilan yaxshi aralashadi. Moylarga nisbatan qovushqoqligi kam, to‘qimalarga oson so‘riladi va dori moddalarining ta’sirini uzaytiradi (testosteron propionat). Etiloleat tegishli farmakopeyalar tarkibiga erituvchi sifatida kiritilgan bo‘lib, u dezoksikortikosteron atsetat, progesteron, testosteron propionat, kamfora kabi eritmalarni tayyorlashda ishlatiladi. Asosiy erituvchilarga qo‘shib ishlatiladigan yordamchi erituvchilar hozirgi vaqtda keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Ular yomon eriydigan moddalarni eruvchanligini yaxshilaydi, eritmani gidrolitik parchalanishdan saqlaydi, dori moddasining turg‘unligini oshiradi, ular spirtlar, efirlar va amidlarga bo‘linadi. Download 323.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling