Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash
Emulsiyalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish
Download 323.45 Kb.
|
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..
Emulsiyalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish
Inson qonidagi va limfasidagi yog‘lar emulsiyalangan holatda bo‘ladi. Yog‘larni hazm qilish jarayonida ichakda o‘t kislotasi tuzlari ta’sirida ularni emulsiyalash sodir bo‘ladi. Natijada emulsiyalangan yog‘larni ichak devorlari orqali so‘rilishi va ularni fermentativ gidrolizi osonlashadi. Tabiiy emulsiyalarga sut, tuxum sarig‘i, kauchuk saqlovchi o‘simliklarning sut sharbatlari va boshqalar kiradi. Ayrim dori moddalari emulsiya holida ishlatiladi, masalan sintomitsin, vazelin moyi, aloy va boshqalar. Emulsiyalar tashqi ko‘rishini bilan bir jinsli dori shakli bo‘lib, ular suvda erimaydigan lekin o‘ta dispergirlangan suyuqliklardan iborat mikrogen tizimlardir. Ular dag‘al dispers tizim hisoblanadi, shuningdek, ba’zan yuqori dispers tizimli emulsiyalar ham tayyorlash mumkin. Emulsiyalardagi suv yoki moy tomchilarining o‘lchami 0,1 dan 50 mikrongacha bo‘lishi mumkin. Bunda 1 mikron 1000 nm ga to‘g‘ri keladi. Agar emulsiyada dispers fazaning hajmi emulsiya hajmining 1/1000-1/10000 qismini yoki dispers fazaning miqdori 0,1% ni tashkil qilsa, bu emulsiya suyultirilgan emulsiya deyiladi. Suyultirilgan emulsiya tarkibida dispers faza tomchilarining diametri 10-7 m (taxminan ultramikro-geterogen sistemalardagi zarrachalar diametriga yaqin) bo‘ladi. Bunday emulsiyalar nihoyatda barqaror. Ularni tayyorlashda maxsus emulgatorlardan foydalanish talab qilinmaydi. Dispers fazaning miqdori 74% gacha bo‘lsa konsentrlangan (bunday emulsiyadagi zarrachalarni oddiy mikroskop ostida ko‘rish mumkin), 74% dan ortiq bo‘lsa o‘ta konsentrlangan (bunday emulsiyadagi tomchilar o‘z shaklini o‘zgartirib, ko‘p burchaklik–poliedr shakliga o‘tishi mumkin, bu emulsiya mikroskop ostida kuzatilsa uning ichidagi suyuqlik tomchilari xuddi asalarini inini eslatadi, ular o‘z xossalari bilan gellarga yaqin turadi ) emulsiya deyiladi. Ikkita toza suyuqlikni bir-biri bilan aralashtirib, suyultirilgan emulsiyalarnigina hosil qilish mumkin. Ikkita toza suyuqlikdan hosil qilingan emulsiyada dispers fazaning eng ko‘p miqdori (hajm jihatidan ) 2% dan ortiq bo‘lmaydi. Ikkita toza suyuqlikdan hosil qilingan emulsiya bir oz vaqt turgandan so‘ng, dispers faza tomchilari bir-biri bilan birlashib, ikki qavatga ajraladi. Emulsiya tomchilarining bir-biri bilan birlashish hodisasi koalessensiya deb ataladi. Emulsiya hosil qilish uchun birinchidan, emulsiya tarkibiga kiruvchi suyuqliklarni yetarli darajada dispers holatiga yetkazish, ikkinchidan hosil qilingan dispers sistemaning barqaror bo‘lishini ta’minlash kerak. Suyuqliklarni yetarli darajada disperslash uchun ularni chayqatish, maxsus aralashtirgichlar bilan aralashtirish, mayda teshikchalardan o‘tkazish, ultratovush ta’sirida aralashtirish kabi usullardan foydalaniladi. Bu tariqa hosil qilingan dispers tizim termodinamik jihatdan barqaror emas, chunki uning erkin sirt energiyasi juda katta. Bunday tizim barqaror holatga o‘tishga intiladi. Tizim bunga 2 yo‘l bilan, erkin sirt energiyasini kamaytirish bilan erishishi mumkin: Zarrachalar sirtini kamaytirish. Sirt taranglikni kamaytirish. O‘z holicha qoldirilgan tizimda zarrachalar birlashib, yiriklashadi va yuqorida bayon qilingan koalessensiya hodisasi sodir bo‘ladi. Konsentrlangan (suyuqliklarning hajmiy konsentratsiyalari 50% ga yaqin) barqaror emulsiyalar hosil qilish uchun tizimga suyuqliklarning sirt tarangligini kamaytiradigan , suyuqliklar sirtida mustahkam parda hosil qilib, dispers faza tomchilarining bir-biri bilan yopishib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan uchinchi modda emulgator qo‘shish kerak bo‘ladi. Akademik P.A.Rebinder emulgatorning vazifasi faqat fazalar aro sirt taranglikni kamaytirish emas, balki asosan emulsiya tomchilari sirtida mexanikaviy jihatdan mustahkam, koalessensiyaga qarshilik ko‘rsata oladigan himoya pardalar hosil qilishdan iborat deb ta’kidlab o‘tdi. Emulgator bu erda stabilizatorlik vazifasini bajaradi. Emulgatorlarni ularning disperslik darajasiga qarab, 3 guruhga bo‘lish mumkin: Bularning ichida kolloid dispers emulgatorlar ayniqsa katta amaliy ahamiyatga ega, chunki ular juda yaxshi himoya pardalari hosil qila oladi. Emulgator sifatida ishlatiladigan sirt faol moddaning tarkibida (uning diperslik darajasidan qat’iy nazar) gidrofil va gidrofob qismlar bo‘lishi kerak. Kuchli gidrofil xususiyatga ega bo‘lgan emulgatorlar M/S tipidagi emulsiyalar olish uchun hizmat qiladi. Gidrofob xossalari kuchli bo‘lgan emulgatorlar esa S/M tipidagi emulsiyalar hosil qilishda ishlatiladi. Masalan, agar 10 ml suvga 10 ml benzol qo‘shib chayqatilsa, 2 xil emulsiya hosil bo‘ladi. Birinchisi, benzol tomchilari benzolga tarqaladi. Tizimga gidrofil tabiatli emulgator qo‘shilsa, emulgator molekulasining polyarmas (uglevodorod) qismi moy tomchilariga, polyar qismi esa (SOON, ON, NN2 guruhlar) suv tomchilariga o’tadi, lekin gidrofil emulgatorni suv ko‘proq ho‘llaydi. Natijada emulgator hajmining ko‘p qismi suvga, oz qismi esa benzolga o’tadi. Bunda benzol tomchisini benzol qurshab oladi. Uning fazalar aro tarangligi kamayadi va emulgatorning gidratlangan mustahkam himoya pardasi hosil bo‘lib, bu parda moy tomchilarini koalessensiyadan saqlaydi. Suv tomchisini gidrofil emulgator batamom qurshab ola olmaydi. Batamom qurshab olinmagan suv tomchilari bir-biri bilan uchrashganida o‘zaro birlashib ketadi. Benzol tomchilari esa bir biri bilan barlashmaydi. Demak, gidrofil emulgatordan foydalanib, faqat M/S tipidagi barqaror emulsiya olish mumkin. Gidrofob emulgator ishlatilsa, bu emulgator suv tomchilarini yaxshi qurshab oladi (chunki benzol uni yaxshi xo‘llaydi) natijada S/M tipidagi barqaror emulsiya hosil bo‘ladi. Emulsiyalarning barqarorligi tomchi sirtidagi emulgator qavatining solvatlanishiga ham bog‘liq. Emulsiyalar tayyorlash uchun XI DF quyidagi o‘simlik moylaridan foydalanishga ruxsat etgan: shaftoli, kanakunjut, kungaboqar, zaytun, vazelin, efir moyi shuningdek, baliq moyi, balzamlar va boshqa suv bilan aralashmaydigan suyuqliklar. Agar MTH da emulsiya tarkibiga kiritiladigan moy ko‘rsatilmagan bo‘lsa shaftoli, zaytun yoki kungaboqar moyi ishlatiladi. Agar MTH da boshqa ko‘rsatma bo‘lmasa 100 g emulsiya tayyorlash uchun 10 moy olinadi. Emulsiyalar tayyorlashda ishlatiladigan emulgatorlarning turi va miqdori moy va ishlatiladigan emulgatorning tabiati va xossalariga, shuningdek emulsiyaning konsentratsiyasiga qarab tanlanadi. Emulgator sifatida tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruxsat etilgan anion (sovun) va noionogen tabiatli sir faol moddalar (tvin - 80), bir qator gidrofil tabiatli moddalar (jelatoza, pektin), yarimsintetik (metilsellyuloza, natriy karboksimetilsellyuloza) va sintetik (emulgator T-2) moddalar, shuningdek boshqa sirt faol moddalar hamda polimerlar ishlatiladi. Ayrim holatlarda emulsiyalar tarkibiga lozim bo‘lsa, tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruhsat etilgan ba’zi bir konservantlar (nipagin, nipazol, sorbin kislotasi va boshqalar) qo‘shiladi. Emulsiyalar emulgatorni emulgirlanuvchi suyuqlik va suv bilan dispergirlash orqali tayyorlanadi. Zarur bo‘lsa emulsiyalar suzib olinadi. Emulsiyalar tarkibiga dori moddalari ularning fizik kimyoviy xossalarini hisobga olgan holda kiritiladi. Ya’ni yog‘da eriydigan moddalar avval moyda, suvda eriydigan moddalar esa suvda eritiladi. Yog‘da ham suvda ham erimaydigan moddalar tayyor emulsiyaga suspendirlanadi. Parenteral yo‘l bilan ishlatiladigan emulsiyalar “In’eksion eritmalar” ga qo‘yilgan talablarga javob berishi kerak. Emulsiyalar ularni turg‘unligini saqlash davomida ta’minlaydigan idishga qadoqlanib, salqin joyda, muzlatilmagan holatda saqlanadi va ishlatishdan oldin chayqatiladi. Emulsiyalar dispers fazaning konsentratsiyasiga qarab suyultirilgan va konsentrlangan emulsiyalarga bo‘linadi. Suyultirilgan emulsiyalarda dispers faza konsentratsiyasi 0,01 dan 0,1% gacha bo‘ladi. Download 323.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling