Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash


Download 323.45 Kb.
bet6/80
Sana18.06.2023
Hajmi323.45 Kb.
#1571998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..

Sirt taranglik. Farmatsevtik texnologiyaning qator jarayonlarida o’zaro ta’sirlashuvchi muhitlar orasida yangi yuza hosil qilish zarur. Yangi yuza hosil qilish uchun ma’lum energiya sarflash talab etiladi. Bu sirt tarangalik deb ataladi va u ϭ belgi bilan N/m bilan o’lchanadi.
Gidrostatika. Gidrostatikada asosan absolyut va nisbiy sokinlikda bo’lgan suyuqliklar orasidagi muvozanat o’rganiladi. Nisbiy sokinlik deganda, harakatlanayotgan suyuqlikdagi alohida zarrachalarning bir-biriga nisbatan ko’chib o’tmaslik holati tushuniladi. Тinch turgan idishdagi suyuqlikning holati absolyut sokin deb qabul qilinadi. Idish ichidagi suyuqlikning tubiga gidrostatik bosim bir xil ta’sir ko’rsatadi, ammo jism idish tubiga botgan sari ushbu bosim idishning devorlariga ko’proq ta’sir o’tkazadi. Gidrostatik bosimning idishning tubiga ta’siri idish shakliga yoki og’ish burchagiga bog’liq bo’lmaydi va u quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi:

Bu yerda, ;




Gidrodinamika. Idishdan suyuqlikni oqishi davrida uni haraktlantiruvchi kuch sifatida suyuqlik sathining farqi yoki nasoslar yordamida hosil bo’lgan bosimlar farqi sabab bo’ladi.
Gidrokinetika quyidagi masalalarni o’rganadi: suyuq muhitga tushayotgan jismning oquvchanligini va suyuqlikni kanallar bo’yicha ko’chib o’tishini. Bunday bir jinsli bo’lmagan suyuqliklar sifatida suspenziya, emulsiya, ko’piklar, chang va tutun, tumanni keltirish mumkin.
Farmatsevtika korxonalarida dori turlarini tayyorlash bir nechta mexanik jarayonlarni o’z ichiga oladi. Misol uchun, kukunlarni tayyorlashda maydalash, elash, aralashtirish jarayonlaridan, granula, tabletka, kapsula dori shakllarida esa qo’shimcha ravishda namlash, donadorlash, taxtakachlash bosqichlari ham qo’shiladi.
Zamonaviy qarashlarga ko’ra,qattiq materiallarni maydalash deganda mexaniq kuch ta’sirida xom ashyo ichida kuch paydo bo’lib, ma’lum bir nuqtada qattiqlik chegarasiga yetib materialning qattiqlik darajasi buziladi.
Тashqi ta’sir to’xtaganda yoriklar molekulyar kuch hisobiga bir–biriga yopishishi mumkin, shuning natijasida xom ashyo faqat qayishqoq deformatsiyaga uchraydi.
Maydalash jarayoni yangi yuzalarni hosilbo’lishi va energiyasarfi bilan bog’liq. Deformatsiya natijasida zarrachalarning ichki ishqalanishini va materiallar aro va asbobning ishchi detallari bilan ishqalanishini oldini oladi.
Maydalash uchun sarf bo’ladigan energiyani aniqlash hammaga ma’lum bo’lgan ikki nazariya asosida: yuza va hajmiy bo’ladi.
Yuza nazariyasiga binoan, maydalash jarayonidagi ish xom ashyoni parchalanish yuzasi bo’yicha molekulalar tortishish kuchini yengishga sarflanadi. Ushbu nazariyaga ko’ra, maydalash uchun zarur ish, maydalanish natijasida yangi hosil bo’layotgan yuzalarga to’g’ri proporsionaldir.
Ҳajmiy nazariyaga binoan, maydalanish jarayonidagi ish xom ashyo deformatsiyasiga, ya’ni eng yuksak parchalanish deformatsiyasiga yetkazish uchun sarf bo’ladi.
Maydalash jarayonida tashqi kuchlar ta’sirida bajarilgan barcha ishRittinger (Berlin, 1867g.) formulasi orqali aniqlaniladi

Bu yerda,
AD- parchalanayotgan bo’lak jismning deformatsiyasiga sarflanayotgan ish, J;
AYu - yangi yuza hosil qilishuchun sarflangan ish, J;
K1 - jismning hajm birligini deformatsiya qilish uchun sarf bo’lgan ishga proporsionallik koeffitsiyenti;
K2 - yangi yuza hosil qilish uchun sarflangan ishga teng proporsionallik koeffitsiyenti;
ΔV - parchalanayotgan jism hajmining o’zgarishi;
ΔF - yangi hosil bo’lgan yuza.
Rittengerningmaydalash nazariyasiga binoan, ish maydalash paytidagi hosil bo’lgan yuza qiymatiga to’g’ri proporsionaldir.
Maydalash darajasi katta maydalash jarayonida jism bo’lagi deformatsiyasiga sarflanayotgan ishni hisobga olmasa bo’ladi. Unda ΔF~D2ekanligini inobatga olib, quyidagi formulaga to’xtalamiz:

bu yerda,
- jism bo’lagining o’lchami;
- proporsionallik ko’rsatkichi.
Rittenger nazariyasini yuzaga kelish holatini ko’rib chiqamiz. Masalan, kub qirrasining uzunligi n, maydalangandan so’ng esa 1/n bo’ldi. Maydalash jarayonini tashqi kuchlar ta’sirida jism qirralariga parallel ravishda tekisliklar bo’ylab parchalanadi deb tushunish mumkin. Agar parchalanish aa’, vv’ va ss’ tekisliklar bo’yicha parchalansa, unda 8 ta n/2 uzunlikka ega qirrali yangi kublar hosil bo’ladi (-rasm).

-rasm

Download 323.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling