Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash
Kraxmal-glitserinli asos yoki glitserinli asos (
Download 323.45 Kb.
|
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..
Kraxmal-glitserinli asos yoki glitserinli asos (Unguentum Glycerini) – 7 qism bug’doy kraxmali teng miqdordagi suv bilan aralashtirilib, unga 93 qism glitserin qo’shiladi. Massa suv hammomida bir xil massa hosil bo’lguncha qizdirish orqali aralashtiriladi. Natijada oq rangli, bir xil konsistensiyali yumshoq massa hosil bo’ladi. Bu asos shilliq qavatlarga yaxshi surtiladi, lekin sekin so’riladi. Bu asoslar asosan ko’z surtmalarini tayyorlashda ishlatiladi. Asos mikroblarga nisbatan ancha turg’un, biroq tuzilish-mexanik ko’rsatkichlari bo’yicha saqlanish davomida turg’un emas. V.M.Gretskiy va I.S.Ajgixinlarning ta’kidlashlaricha 5-6% kraxmal eritmalari surtma asosi konsistensiyasiga ega bo’lsada, nisbatan sekin so’riladi. Yana shu asos kabi xossani dekstrin ham namoyon etadi, faqat undan 50% eritma tayyorlash lozim bo’ladi.
Surtmalarni ishlab chiqarish texnologiyasida quyidagilar asosiy omil bo’lib hizmat qiladi: dori moddasinnig disperslik darajasi; dori moddasini asos tarkibiga kiritish usuli; vaqt; tarkibga kirgan komponentlar shuningdek, aralashtirish tartibi va tezligi, harorat rejimi va boshqalar. Bu omillar surtmalarning konsistensiyasi, reologik xossalari, bir xilligi, saqlanish davomidagi turg’unligi va farmakoterapevtik samaradoriligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Kimyo-farmatsevtika korxonalarida surtmalarni ishlab chiqarish quyidagi asosiy jarayonlardan iborat bo’ladi: ishlab chiqarishni sanitar qayta ishlash, xom ashyo va materiallarni tayyorlash (dori moddasi, asos, qadoqlovchi material, idishlar va boshq), dori moddasini asos tarkibiga kiritish, surtmalarni gomogenizatsiyalash, tayyor mahsulotni standartlash, tayyor mahsulotni qadoqlash, o’rash va jihozlash. Bu jarayonlardan tashqari surtmalarni murakkab tarkibli texnologiyalarida yana boshqa qo’shimcha jarayonlardan ham foydalanish mumkin. Lekin shunga qaramay butun sodir bo’ladigan texnologik jarayon boshidan-oxirigacha qattiq nazoratga olinadi. “Ishlab chiqarishni qayta ishlash” jarayoni xodimlarni sog’liqlarini saqlash, samarali mexnat qilish shart-sharoitini yaratish, tayyor mahsulotni saqlash, tashish davomida mikroblarga nisbatan turg’unligini ta’minlashga qaratligandir. Asosni tayyorlash jarayoni asosni eritish va mexanik aralashmalardan tozalash uchun filtrlashdan iborat. Asosning tarkibiy qismlari (vazelin, lanolin, mum, emulgator №1, 2, emulsion mum, polietilenoksid 1500 va boshqalar) EK-40, EK-60, EK–125, EK-250 markali yoki PK-125 va PK–250 par ko’ylakli elektr qozonlarida eritiladi. Ular tuzilishiga ko’ra silindr yoki sferik ko’rinishda bo’lishi mumkin. Erigan asoslar qozonning jo’mragi orqali quyib olinadi. Elektr qozonlar misdan yoki po’latdan tayyorlanib, ichki yuzasi qalay yoki emal bilan qoplangan bo’ladi. Bu qozonlar ishlab chiqarish uchun yordamchi asbob-uskunalar hisoblanadi. Eritilgan asos issiq holatda o’tkazuvchi trubalar orqali surtma tayyorlovchi reaktorlarga o’tkaziladi. Bu reaktorlarda asos va dori moddasinnig yaxshi aralashini ta’minlash uchun turli xildagi nasos qurilmalaridan foydalaniladi. Yuqori qovushqoqlikka ega bo’lgan eritmalarni aralashtirishda shersternali nasoslardan foydalaniladi. Dori moddasini asos tarkibiga kiritish, agar dori moddasi surtma tarkibiga suspenziya holida kiritiladigan bo’lsa, dori moddasini maydalash va elash, agar emulsiya holatida kiritiladigan bo’lsa, dori moddasini suvda eritish yoki surtma asosining komponentlarida eritish orqali amalga oshiriladi. Agar surtma aralash tipli surtma tayyorlash texnologiyasi bilan tayyorlansa, yuqoridagi har ikki jarayon ham amalga oshiriladi. Shamchalar (lotincha – suppositoria so‘zidan olingan bo‘lib, joylashtirmoq, o‘rnatmoq degan ma’nolarni bildiradi) dori moddasi va shamcha asosidan tashkil topgan yumshoq dori shakli bo‘lib, eramizdan oldingi 2600 yildan boshlab, Misr va Messopatamiya xalqlari tomonidan o‘simlik va hayvon yog‘laridan shuningdek, asal, o‘simlik, sharbatlari va mumlardan shamcha sifatida foydalanib kelinganligi haqidagi ma’lumotlar qadimiy yozuvlarda ya’ni Ebers papiruslarida o‘z aksini topgan. Qadimiy grek tibbiyotining namoyondalari Gippokrat va Dioskaridlar kelib chiqishi nuqtai-nazaridan turli tabiiy xom ashyolar (asal, moylar, mum, o‘simlik sharbatlari va boshq.) asosidagi shamchalardan amaliyotda foydalanganlar. Shamchalar - xona haroratida qattiq, tana haroratida suyuqlanuvchi yoki eruvchi, tarkibida bir yoki ikki, ba’zan undan ham ko‘p dori moddasi va yordamchi moddalar saqlagan, dozalarga bo‘lingan dori turi bo‘lib, asosan tananing bo‘shliqlariga qo‘llash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Shamchalar ishlatilishiga qarab quyidagicha tasniflanadi: rektal shamchalar (Suppositoria rectalia) to‘g‘ri ichak uchun mo‘ljallangan; vaginal Shamchalar (Suppositoria vaginalia) bo‘shliqlarga ishlatish uchun mo‘ljallangan; tayoqchalar (Bacilli) siydik chiqarish yo‘llari, bachadon bo‘yin kanallari va boshqa yaralar oqibatida paydo bo‘lgan tanadagi teshik-yo‘llarga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Ta’sir qilish mexanizmiga ko‘ra Shamchalar mahalliy (lokal) va rezorbtiv (tizimli) ta’sirga ega bo‘lgan shamchalarga bo‘linadi. Keyingi yillarda shamchalarni korxona sharoitida ishlab chiqarilish ko‘lami boshqa dori shakllariga qaraganda bir muncha ortdi. Sababi bu dori turi og‘iz orqali qabul qilinadigan boshqa dori turlariga qaraganda farmakologik ta’sirining tezroq yuzaga chiqishi, ya’ni to‘g‘ri ichak orqali dori turi tarkibidan dori moddasini tezroq so‘rilishi va qon tarkibiga o‘tishidadir. Bu dori turining ta’sir qilish tezligi, in’eksion dori turining so‘rish tezligiga yaqinlashmoqda. Shuningdek, og‘iz orqali qabul qilinadigan dori turlariga o‘xshab, oshqozon ichak traktida va jigarda hech qanday fermentativ ta’sirlarga uchramasligi, bu dori turining asosiy yutug‘idir. Download 323.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling