Laminarda ishlash tartibi eritmalar tayyorlash uchun idishlarni sterillash
Rektal surtmalar, kapsulalar, aerozollar, tamponlar va rektiolalarni ishlab chiqarish
Download 323.45 Kb.
|
LAMINARDA ISHLASH TARTIBI ERITMALAR TAYYORLASH UCHUN IDISHLARNI STERILLASH..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rektal jelatina kapsulalari
Rektal surtmalar, kapsulalar, aerozollar, tamponlar va rektiolalarni ishlab chiqarish.
Rektal surtmalar. Bu dori shakllari gidrofob va gidrofil asosli rektal surtmalarga bo‘linadi, ular keyingi paytlarda tibbiyot amaliyotida keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Gidrofil asos sifatida birinchi turkum gidrofil asoslar PEG va metilsellyuloza hosilalari ishlatilmoqda. Bu dori shakllari dozalarga bo‘lingan bo‘lib, shprits-tyubiklarda, mahsus aplikatorlarda chiqarilmoqda. Rektal jelatina kapsulalari. Bu dori shakllari istiqboli bor bo‘lgan dori shakllaridan biri hisoblanadi. Birinchi marta 1937 yilda “Sherer” firmasi surgi vositasi sifatida qo‘llaniladigan shamchalarni kapsula bilan qoplashni taklif etganlar. 1980 yilga kelib esa bu dori shakllari Britaniya farmakopeyasining tarkibiga alohida farmakopeya maqolasi sifatida “Rektal kapsulalar” nomi bilan kiritildi. Unga ko‘ra rektal dori shakllari torpedo shaklida bo‘lishi lozim. Bugungi kunga kelib, rektal kapsulalarni terapevtik ta’siriga ko‘ra quyidagi turlari ishlab chiqarilmoqda: yallig‘lanishga qarshi, yaralarga qarshi, silga qarshi, garmonal va boshqalar. Olib borilgan ilmiy izlanish natijalari jelatin kapsulasi asosida yaratilgan rektal kapsulalar boshqa turdagi rektal dori turlariga qaraganda nisbatan texnologik, biofarmatsevtik va iqtisodiy nuqtai-nazaridan maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatgan. Rektal kapsulalar “cho‘zilgan” tomchi shaklida bo‘lib, 0,6 ml dan 1,8 ml gacha bo‘lishi mumkin. Ular tashqi tomonidan suv bilan muloqotda oson sirpanadigan yupqa jelatin qavati bilan qoplangan bo‘ladi. Bu rektal kapsulalarini qabul qilishga va bir xil dozalarga bo‘lishga imkon yaratadi. Rektal kapsulalar boshqa turdagi rektal dori shakllariga qaraganda yuqori haroratga chidamliligi (45-500C), to‘g‘ri ichak shilliq qavatini qitiqlamasligi va tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddani tez va oson ajratib chiqarishi bilan, qolaversa jelatin qobig‘i bilan qoplanganligi uning dori moddasini tashqi omillar ta’siridan saqlashi bilan boshqa rektal dori shakllariga nisbatan ustunlikka ega ekanligini ko‘rsatdi. Rektal kapsulalarda hatto linimentlarni, surtmalarni, suspenziya va eritmalarni ham kapsulalash mumkin. Rektal kapsulalar tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddaning ajralib chiqishi, boshqa rektal dori turlariga qarganda tezroq. Bunda to‘g‘ri ichak devoridagi kuchsiz ishqoriy muhit (pH 7,3-7,6) ta’sirida jelatin qavati bo‘kib, ichak shilliq qavatining kuchsiz qisqarishi natijasida qobiqnnig yorilishi va dori moddasining tashqariga chiqishi kuzatiladi. Rektal jelatin kapsulalari ham shamchalarga qo‘yilgan barcha talablarga javob berishi lozim, ular tibbiyotda asosan proktologik kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. Olimlarning izlanishlari shuni ko‘rsatdiki, rektal kapsula tarkibidagi terapevtik samaradorlik boshqa turdagi rektal dori shakllariga nisbatan ikki baravariga yuqori ekan. Shuningdek, bu dori shakllarini ishlab chiqarish, qimmatbaho biologik faol moddalar va ingredientlarni tejab qolish xisobiga, ko‘pgina dori preparatlarini tan narxini kamayishiga olib kelmoqda. Rektal jelatin kapsulalarini ishlab chiqarish to‘laligicha avtomatlashtirilgan, qolaversa chet ellardan import hisobiga olib kelinadigan, shamcha asosi sifatida ishlatiladigan kakao moyini jelatin massasiga almashtirilishi yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Bu dori shakllarini ishlab chiqarish, jarayoni presslash asosida ishlaydigan, yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga ega bo‘lgan avtomatik liniyalarda olib boriladi. Download 323.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling